9 dekabr kuni MHXS boʻyicha xalqaro onlayn-konferensiyada ishtirok eting

preview

Hurmatli buxgalterlar, auditorlar, buxgalteriya hisobi va audit sohasida faoliyat yuritadigan olimlar va mutaxassislar!

2020 yil 9 dekabr – Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlarining kasb bayrami kunida  sizni MHXS va XASni joriy etish va mazkur jarayonning iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlariga oid  xalqaro onlayn-konferensiyaga ma’ruzachi yoki ishtirokchi sifatida taklif qilamiz.

Konferensiya tashkilotchilari – Moliya vazirligi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi.

Konferensiya onlayn-formatda oʻtkaziladi. Unda quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilamiz:

  • MHXSni birinchi qoʻllash, auditorlik tekshiruvlarining ishchi hujjatlarini xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda XASga muvofiq ishlab chiqish;
  • milliy hisob tizimini MHXSga konvergensiyalash;
  • iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida audit sifatiga boʻlgan talablarni kuchaytirish;
  • XASga muvofiq auditorlar va auditorlik tashkilotlari faoliyati sifatini ichki va tashqi nazorat qilishni tashkil etish;
  • MHXS va XASni qoʻllash sharoitida professional buxgalter maqomini oshirish;
  • axborotni oshkor qilish boʻyicha MHXS va XAS talablari;
  • xalqaro ta’lim dasturlari hamda buxgalterlar va auditorlarni sertifikatlash;
  • buxgalteriya hisobi va auditni raqamlashtirish;
  • boshqa masalalar.

Konferensiyada IFRS (International Financial Reporting Standards Foundation – MHXS fondi), IFAC (International Federation of Accountants – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi) vakillari, ASSA (Association of Chartered Certified Accountants – Malakali sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi) xalqaro ekspertlari, MDH davlatlari va Oʻzbekiston professional tashkilotlarining mutaxassislari, auditorlar va buxgalterlar, Oʻzbekistonning ushbu sohadagi oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari, doktorantlari va magistrlari ishtirok etishadi.

Axborot koʻmagi buxgalter.uz portali hamda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi tomonidan ta’minlanadi.


Konferensiyada ishtirok etish masalasi yuzasidan:

  • info@uzaudit.uz elektron pochtasiga yozishni;
  • quyidagi telefonlar boʻyicha qoʻngʻiroq qilishni soʻraymiz: +998 (95) 197-81-99 yoki +998 (93) 379-16-11.

Quyidagi havola boʻyicha roʻyxatdan oʻtish mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSczQDlebS7ikVrIU5V3Tf2Fvr9qkD5-drmrnmPJbd1PPRHGPg/viewform

Diqqat!
Konferensiyada ishtirok etish uchun buyurtmalar 2020 yil 7 dekabrgacha qabul qilinadi.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text165305_9_dekabr_kuni_mhhs_buyicha_halqaro_onlayn-konferenciyada_ishtirok_eting