Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Oʻzbekiston korхonasi Rossiya kompaniyasiga dasturiy mahsulotdan foydalanish huquqi uchun royalti toʻlaydi. Norezidentning royalti tarzidagi daromadidan foyda soligʻi toʻlanishi kerakmi?
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Oleg SOY javob berdi:
- Royalti – bu har qanday nomoddiy aktivdan, shu jumladan dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun toʻlovlar
.
SKning 44-moddasi 2-qismida toʻlovlar royalti sifatida qaralmaydigan hollar keltirib oʻtilgan.
Jumladan, kompyuter dasturlaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovlar royaltiga kirmaydi, agar:
- foydalanish shartlari bunday dasturning moʻljallangan funksional maqsadi bilan cheklangan boʻlsa;
- uni takrorlash bunday foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻchirma nusхalar soni bilan chegaralangan boʻlsa.
Ushbu qoida dasturni joylashtirilgan ichki imkoniyatlardan foydalangan holda sozlash yoʻli bilan moslashtirilgan dasturlar versiyalariga ham taalluqlidir.
Misol uchun, DTga mualliflik huquqlaridan foydalanmagan holda buхgalterlik dasturidan foydalanish huquqi uchun toʻlovlarga royalti sifatida qaralishi mumkin emas.
Misol uchun, DTga mualliflik huquqlaridan foydalanmagan holda buхgalterlik dasturidan foydalanish huquqi uchun toʻlovlarga royalti sifatida qaralishi mumkin emas.
Oʻzbekistonda doimiy muassasaga ega boʻlmagan norezidentga royalti toʻlash chogʻida, Oʻzbekiston korхonasi foyda soligʻi boʻyicha soliq agentiga aylanadi. Har bir daromadni toʻlash chogʻida 20% stavka boʻyicha soliq ushlab qoling
.
. Shartnoma soliq solishning boshqa qoidalarini, shu jumladan – pasaytirilgan soliq stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutishi mumkin.Oʻzbekistonda hosil boʻladigan va Rossiya Federatsiyasining pyezidentiga toʻlanadigan poyaltilap Rossiyada soliqqa toptiladi
. Xalqaro shartnomaning ushbu qoidasini qoʻllash va soliqni ushlab qolmaslik uchun daromad toʻlashdan oldin Rossiya kompaniyasidan quyidagilarni oling:
- soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat (SKning 358-moddasi talablarini inobatga olgan holda);
- norezident daromadni olishga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasi
.
Agar bu hujjatlar olinmagan boʻlsa:
- norezidentning daromadidan soliqni ushlab qoling;
- uni daromadni toʻlash sanasidagi MB tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada daromad toʻlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlang;
- soliq hisobotini daromadlar toʻlangan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay taqdim eting
.
.![]()