Qanday qilib xodimlarni soliqlar boʻyicha penyadan qutqarish mumkin?

preview

2020 yil uchun jismoniy shaxslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashning eng soʻnggi muddati – 15 oktyabr  . Biroq ba’zi fuqarolar turli sabablarga binoan ushbu toʻlov muddatini oʻtkazib yuborishgan. Kechiktirilgan har bir kun uchun soliq organi SKning 110-moddasiga muvofiq penya hisoblaydi. Xodimga Yangi yilni soliqlar boʻyicha qarzlarsiz kutib olishiga yordam berish uchun buxgalter.uz yoʻriqnomasiga rioya qiling:

1) My.soliq.uz da soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kiring;

2)  “Xodimlarning mol-mulk soligʻi va yer soligʻi uchun toʻlovni amalga oshirish” tugmasiga bosing;

3) “Filtr” funksiyasi yordamida soliqlar boʻyicha qarzi mavjud xodimlarni aniqlang. Har bir qarzdorning familiyasi qarshisida axborot taqdim etiladi: STIRi, ob’yektning kodi va manzili, qarz summasi, joriy yil uchun hisoblash, toʻlanishi lozim boʻlgan jami summa, shuningdek ikkita tugma “Ariza” va “Toʻlash”;

4) ushbu xodimlarga ish haqi hisobidan soliqlar boʻyicha qarzlarni toʻlash tarzida tashkilotning yordamini koʻrsating;

5) agar xodim rozi boʻlsa, uning familiyasi qarshisidagi tegishli tugmani bosgan holda tayyor arizani chop eting;

6) xodim arizani imzolagandan keyin, “Toʻlash” tugmasiga bosing. Toʻlov tashkilot hisobvaragʻidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi;

7) mazkur xodimning ish haqi hisob-kitobida tegishli summani ushlab qolish zarur.

Bunda buxgalter shuni unutmasligi muhimki, hamma xodimlar ham soliq qarzi bilan muammoni hal qilishda yordamga rozi boʻlishmaydi. Va bu ularning huquqidir. Aks holda minnatdorlik soʻzlari oʻrniga tushunmovchilik va dilxiralik kelib chiqadi.

Saida JONIZOQOVA

Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish /oz/publish/doc/text165464_qanday_qilib_hodimlarni_soliqlar_buyicha_penyadan_qutqarish_mumkin