9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun narxlar 1,5-2 baravar oʻsishi mumkin. Bu Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida nazarda tutilgan. Batafsil – norma.uz portali sharhida.
Mazkur chora “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJning kreditorlik qarzini kamaytirish, tashqi qarzlarni oʻz vaqtida soʻndirish, tarmoqlar va inshootlarga xizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash zarurati bilan tushuntirilmoqda.
1 metr kub ichimlik suvi uchun narxlarni oshirish rejalashtirilmoqda:
- aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 310 soʻmdan 500 soʻmga (161,2%);
- tijorat tashkilotlari uchun 730 soʻmdan 1 500 soʻmga (205,4%).
Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar tegishincha oʻsadi:
- aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 250 soʻmdan 350 soʻmga (140%);
- tijorat tashkilotlari uchun 460 soʻmdan 820 soʻmga (178,2%).
Qayta koʻrib chiqilgan tariflar koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlariga taqdim qilingan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Norma.uz materiallari asosida