9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Har qanday ishlab chiqarishda yaroqsiz mahsulotlar kelib chiqadi. Uni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish va soliq va buxgalteriya hisobida aks ettirish haqida buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA gapirib berdi:
- Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar – bu sifati texnik shartlar va standartlarga toʻgʻri kelmaydigan buyumlar, detallar, uzellar va yarim fabrikatlar. Ularni maqsadiga binoan qoʻllash mumkin emas yoki – nuqsonlarini bartaraf etgandan keyin mumkin.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar qanday rasmiylashtiriladi?
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar toʻgʻrisida hujjatlarning tasdiqlangan yagona shakllari - mavjud emas, shu bois korxona buxgalteriya Hisob siyosatida yaroqsiz mahsulotlar hisobini yuritish tartibini tasdiqlagan holda mustaqil ravishda hujjatlar shakllari va bayonnomalarni ishlab chiqishga haqli.
Mahsulotlardagi nuqsonlarni kuzatib borish, qoidaga koʻra, texnik nazorat boʻlimiga (TNB) yuklatiladi. Uning xodimlari ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni aniqlashadi, uning sabablari va daxldor shaxslarni oʻrnatishadi, buning barchasini bayonnoma yoki boshqa boshlangʻich lokal hujjat bilan qayd qilishadi.
Nuqsonli mahsulotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni jadvalda, masalan, Excel formatida keltirishni tavsiya qilamiz. Unda yaroqsiz TMQning nomi, artikuli, oʻlchov birligi va sonini koʻrsating. Har bir yaroqsiz mahsulot holati uchun sababini koʻrsating.
Yaroqsiz mahsulot kelib chiqishiga daxldor boʻlgan shaxslarni aniqlashni imkoni boʻlgan boʻlsa, dalolatnomada ular haqida ma’lumotlarni keltiring: F.I.O., lavozimi.
Bunday yaroqsiz mahsulot toʻgʻrisidagi dalolatnoma, qoida tariqasida, 3 nusxada rasmiylashtiriladi:
- birinchisi buxgalteriyaga topshiriladi;
- ikkinchisi – nuqson aniqlangan sexga;
- yaroqsiz mahsulot toʻgʻrisidagi uchinchi dalolatnoma – moddiy javobgar xodimga.
Aybdor shaxslarda undirish
Yaroqsiz mahsulot kelib chiqishiga yoʻl qoʻygan xodimlar zararni MKda belgilangan qoidalarga binoan qoplaydi. Xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan oshmaydigan zarar ish beruvchining farmoyishiga binoan uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin. Bu holda xodimning roziligi talab etilmaydi. Bunday farmoyish zarar aniqlangan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay chiqarilishi mumkin
.
Yetkazilgan zararning summasi sud qaroriga binoan undiriladi, agar
:
- u xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan oshib ketsa;
- zarar aniqlangan kundan keyin bir oylik muddat oʻtgan boʻlsa.
Ish beruvchi zarar yetkazilgan chogʻdagi aniq holatlarni hisobga olib, aybdor xodimdan zararni undirishdan qisman yoki toʻliq voz kechishga haqli
.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotning soliq hisobi
Korxonada yaroqsiz mahsulotlarning normasi tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Tasdiqlangan normalar doirasida yoʻl qoʻyilgan yaroqsiz mahsulot, soliq solish maqsadida korxonaning chegiriladigan xarajati hisoblanadi. Odatda ushbu normalar ishlab chiqarishning 1-2%idan oshmaydi. Agar tarmoqqa oid normalar mavjud boʻlsa, ularga yoʻnalish oling.
SKning 317-moddasida normalardan ortiqcha yaroqsiz mahsulotdan yoʻqotishlar haqida hech narsa aytilmagan. Shu bois buxgalter TNB xodimi bilan birgalikda yaroqsiz mahsulotlar boʻyicha xarajatlar iqtisodiy jihatdan oqlanganligi yuzasidan professional hukm chiqarishlari kerak
. Shu qarordan kelib chiqib yoki ularni foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi hisob-kitobida ularni chegirish yoxud chegirilmaydigan xarajatlarga kiritish zarur.
Ta’kiblab oʻtamizki, SKning 317-moddasida “Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar” ayrim shu kabi holatlar uchun belgilanishicha, xarajatlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydi. Misol uchun – loyihalar va QMIdagi kamchiliklarni, ob’yekt yonidagi omborga tashib keltirilguniga qadar yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etishga doir xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish oʻtkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari hamda ushbu xarajatlarning oʻrnini kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisobidan qoplash imkoni boʻlmagan miqdordagi boshqa shunga oʻxshash xarajatlar
.
Shuningdek, ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot va foyda soligʻi va QQS boʻyicha soliq bazasiga ta’sir koʻrsatuvchi normalardan ortiqcha xarajatlarni aks ettirish tartibini korxonaning soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida yozish zarur, deb hisoblaymiz.
Buxgalteriya hisobi
Yaroqsiz mahsulotlar tufayli kelib chiqadigan yoʻqotishlar ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarga kiritiladi
.
Ishlab chiqarishda brakdan tufayli kelib chiqadigan yoʻqotishlar toʻgʻrisidagi axborot 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyoti ma’lum qilinadi
:
- 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyotining debetida aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar boʻyicha xarajatlar, shuningdek kafolatli ta’mirlash xarajatlari yigʻiladi;
- 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyotining kreditida yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlarning kamayishiga olib boriladigan summalar (yaroqsiz mahsulotning foydalanish mumkin boʻlgan bahosi boʻyicha qiymati, yaroqsiz mahsulotning aybdorlaridan ushlanadigan summalar, mol yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan sifatsiz TMQdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan yaroqsiz mahsulot va boshqalar uchun undiriladigan summalar), shuningdek yaroqsiz mahsulotlardan koʻrilgan yoʻqotish sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2600) boʻyicha analitik hisob korxonaning alohida sexlari, mahsulot turlari, xarajat moddalari va yaroqsiz mahsulotlarning vujudga kelish sabablari boʻyicha yuritiladi.
|
№ |
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni |
Hujjat – asos |
Schyotlarning bogʻlanishi |
Summa (raqamlar shartli) |
|
|
Debet |
Kredit |
||||
|
1. Agar yaroqsiz mahsulotni tuzatish mumkin boʻlmasa: |
|||||
|
1 |
Asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan tuzatib boʻlmaydigan yaroqsiz mahsulotlar tufayli kelib chiqqan yoʻqotishlar hisobdan chiqarildi |
Yaroqsiz mahsulotlarga ajratish dalolatnomasi |
28 000 |
||
|
2 |
Yakuniy yaroqsiz mahsulotlarni hisobdan chiqarishda moddiy qimmatliklar kirim qilindi (ehtimoliy foydalanish yoki realizatsiya qilish narxida) |
Navlarga ajratilgandan keyin TMQni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi |
3 000 |
||
|
3 |
Yaroqsiz mahsulotlar tufayli kelib chiqqan yoʻqotishlarning bir qismi mahsulotlar tannarxiga kiritildi |
Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi |
21 000 |
||
|
4 |
Yoʻqotishlarning bir qismi aybdor shaxsdan undirildi |
Aybdor shaxsning tushuntirish xati, rahbarning farmoyishi |
4 000 |
||
|
2. Agar yaroqsiz mahsulotni tuzatish mumkin boʻlsa: |
|||||
|
1 |
Asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar tufayli kelib chiqqan yoʻqotishlar hisobdan chiqarildi |
Yaroqsiz mahsulotlarga ajratish dalolatnomasi |
28 000 |
||
|
2 |
Yoʻqotishlarning bir qismi aybdor shaxsdan undirildi |
Aybdor shaxsning tushuntirish xati, rahbarning farmoyishi |
4 000 |
||
|
3 |
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bilan bogʻliq xarajatlar. Masalan:
|
Sexning yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish boʻyicha kalkulyatsiyasi |
1 117 |
||
|
4 |
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish boʻyicha ishlarning bir qismini tashqi tashkilot bajardi |
Xizmat koʻrsatish uchun shartnoma |
800 |
||
|
5 |
Umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish boʻyicha xarajatlar summasiga kiritildi |
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash boʻyicha hisob-kitob (buxgalteriya ma’luotnomasi) |
200 |
||
|
6 |
Yaroqsiz mahsulotlar tufayli kelib chiqqan yoʻqotishlarning bir qismi mahsulotlar tannarxiga kiritildi |
Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi |
26 037 |
||
|
7 |
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatishda moddiy qimmatliklar kirim qilindi |
Navlarga ajratilgandan keyin TMQni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi |
80 |
||
![]()