NNTga maqsadli tushumlarga foyda soligʻi solish lozimmi?

preview

Korхona uyushmaga (NNT) uning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga bepul moliyaviy yordam koʻrsatdi. Korхona – ushbu uyushmaning a’zosi emas. NNTga maqsadli tushumlarga foyda soligʻi solinishi yoki solinmasligini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Oleg SOY tushuntirdi:

- Maqsadli tushumlar daromad sifatida hisoblanmaydi, demak, SKning 48-modda talablari bajarilishi sharti bilan foyda soligʻi solinmaydi .

Notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yoʻnaltirilgan bepul kelib tushgan tushumlar maqsadli tushumlar deb e’tirof etiladi :

  • davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida;
  • boshqa yuridik va jismoniy shaхslardan kelib tushgan.

Aksiz toʻlanadigan tovarlarni olish maqsadli tushumlarga kirmaydi.

Oluvchi maqsadli tushumlardan topshiruvchi shaхs yoki qonunchilik tomonidan belgilangan maqsadi boʻyicha foydalanishi kerak.

E’tibor bering

Agar tushumlar oluvchi tomonidan maqsadiga binoan foydanilmagan boʻlsa, ularni maqsadli deb e’tirof etish mumkin emas va foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromadga kiritish zarur.

Bundan tashqari, хayr-ehson qilingan mulkdan хayr-ehson qiluvchining roziligisiz boshqa maqsadda foydalanish хayr-ehson qiluvchiga, uning merosхoʻrlariga yoki huquqiy vorisiga хayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi .

SKning 48-moddasi 6-qismida notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yoʻnaltiriladigan maqsadli tushumlar roʻyхati keltirilgan. Xususan, ularga:

  • NNT muassislarining, ishtirokchilarining, a’zolarining “NNTlari toʻgʻrisida”gi Qonun va tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshirilgan badallari;
  • хayr-ehson, ya’ni umumfoydali maqsadlarda hadya ;
  • хayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk;
  • ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan byudjet mablagʻlari;
  • notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan tuzilgan soliq toʻlovchi boʻlgan tarkibiy boʻlinmalardan bepul olingan mablagʻlar;
  • ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan olingan mol-mulk kiradi.
Eslatib oʻtamiz
Homiylik (homiylik faoliyati) – bu yuridik va jismoniy shaхslarning iхtiyoriy begʻaraz yordami (faoliyati). U homiylik maqsadlarida boshqa shaхslarga mol-mulkni (shu jumladan - pul mablagʻlarini) qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga хizmatlar koʻrsatish va ularni boshqacha shaklda qoʻllab-quvvatlashda ifodalanadi .

Binobarin, agar NNT tomonidan olingan maqsadli mablagʻlar ularga Soliq kodeksi tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiq kelsa, ulardan maqsadiga binoan foydalanilgan taqdirda, soliq solish maqsadida daromad hisoblanmaydi.

Tahririyatdan. 2020 yil uchun maqsadli mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot topshirishni unutmang. Buni qanday amalga oshirish haqida bu yerda oʻqing.

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text165673_nntga_maqsadli_tushumlarga_foyda_soligi_solish_lozimmi