9 oyni xatolarsiz yopamiz:
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona oʻz ehtiyojlari uchun oʻz kuchi bilan ta’mirlash pardozlash ishlarini bajardi. Bunday vaziyatda QQS hisoblash zarurmi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:
- Oʻz ehtiyojlari uchun oʻz kuchi bilan qurilish ishlarini bajarishda QQS faqat ushbu ehtiyojlar uchun xarajatlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmagan taqdirda hisoblanadi
.
. Agar ishlar shu maqsadlarda bajarilsa, QQS hisoblanmaydi.Agar kompaniya oʻz kuchi bilan oʻz ehtiyojlari uchun foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydigan xizmatlar koʻrsatsa, QQS boʻyicha soliq bazasi aynan shunday (ular mavjud boʻlmaganda bir turdagi) xizmatlarning oʻrtacha oʻlchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Oʻrtacha oʻlchangan narx oʻtgan 90 kun hisob-kitobidan aniqlanadi. Agar ushbu davrda bunday realizatsiya mavjud boʻlmaganda - bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi
.
Qanday xizmatlar - aynan oʻxshash xizmatlar
Bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega boʻlgan xizmatlar soliq solish maqsadida aynan oʻxshash xizmatlar deb e’tirof etiladi
. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
- ijrochi (pudradchi) xususiyatlari va uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi; foydalaniladigan tovar belgisi.
Qanday xizmatlar – bir turdagi xizmatlar
Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, bir turdagi xizmatlar bir-birining oʻrnini bosish imkoniyatini beradigan bir xil xususiyatlarga ega, bu tijorat jihatidan va (yoki) bajaradigan vazifasi jihatidan bir-birining oʻrnini bosish imkoniyatini beradi. Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi
:
- sifati;
- tovar belgisi;
- bozordagi mavqei;
- xizmat turlari va ularning hajmlari;
- noyobligi;
- tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa olishi.
Xizmatlarning oʻrtacha oʻlchangan narxi qanday hisoblab chiqariladi?
Oʻrtacha oʻlchangan narx, oʻrtacha narxdan farqli oʻlaroq, narxning oʻzidan tashqari koʻrsatilgan xizmatlar soni (hajmi)ni hisobga oladi. U quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqariladi:
N.oʻr.oʻl. = N1x S1 + ... + Nn x Sn
---------------------------
∑Sn
bunda:
N1, ..., n – aynan oʻxshash xizmatlarni realizatsiya qilish narxi;
S1, ..., n - realizatsiya qilingan aynan oʻxshash xizmatlar soni;
∑Sn – realizatsiya qilingan aynan oʻxshash xizmatlar soni summasi.
|
T/r |
Soni |
Narxi, |
|
1 |
1 000 |
48 |
|
2 |
200 |
58 |
|
3 |
100 |
62 |
|
4 |
120 |
70 |
|
5 |
50 |
65 |
|
6 |
110 |
56 |
|
7 |
60 |
75 |
|
Jami |
1 640 |
434 |
Realizatsiya qilishning oʻrtacha oʻlchangan narxi 53,7 ming soʻmga ((48 x 1 000 + 58 x 200 + 62 x 100 + 70 x 120 + 65 x 50 + 56 x 110 + 75 x 60) : 1 640) teng.
Taqqoslash uchun: realizatsiya qilishning oʻrtacha narxi xizmatlar (buyurtmalar) turlari soniga boʻlingan barcha narxlar summasi sifatida hisoblab chiqariladi. Jadvaldagi ma’lumotlarga asosan u 62 ming soʻmga (434 : 7) teng.
Vaziyatni koʻrib chiqamiz.
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona oʻz kuchi bilan oʻz ehtiyojlari uchun qurilish ishlarini bajaradi
Joriy oyda qurilish korxonasi oʻz ehtiyojlari uchun ta’mirlash pardozlash ishlarini bajardi: tannarxi 20 000 ming soʻm boʻlgan ishlarning bir qismi ma’muriy binoda bajarildi, tannarxi 25 000 ming soʻm boʻlgan bir qismi esa – korxona balansida boʻlgan dam olish zonasida bajarildi. Ma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladi
. Shu bois bunday ta’mirlash ishlarini bajarish QQS hisoblab chiqarish maqsadida realizatsiya qilish boʻyicha aylanma sifatida hisoblanmaydi.
Dam olish zonasini ta’mirlash uchun xarajatlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydi
. Tegishincha, ishlarni bajarish bu holda QQS solinadigan realizatsiya qilish boʻyicha aylanma sifatida hisoblanadi. Dam olish zonasidagi ta’mirlash ishlarining oʻtgan 90 kun uchun aynan oʻxshash ishlarning realizatsiya qilishning oʻrtacha oʻlchangan narxidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan qiymati, QQSsiz 48 000 ming soʻmga teng.
Buxgalteriya oʻtkazmalari:
|
Xoʻjalik muomalarining mazmuni |
Summa, ming soʻm |
Schyotlarning bogʻlanishi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Ta’mirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning tannarxi aks ettirildi: – ma’muriy bino – dam olish zonasi |
20 000 25 000 |
||
|
Ta’mirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning tannarxi hisobdan chiqarildi: – ma’muriy bino – dam olish zonasi |
20 000 25 000 |
|
|
|
Oʻz kuchi bilan dam olish zonasini ta’mirlash boʻyicha ishlarni bajarishda realizatsiya qilishning oʻrtacha oʻlchangan qiymatidan kelib chiqib QQS hisoblandi (48 000 x 15%) |
7 200 |
||
QQS
boʻyicha hisobotda operatsiya quyidagi tarzda aks ettiriladi:
- realizatsiya qilish boʻyicha aylanma (48 000 ming soʻm) va hisoblangan QQS (7 200 ming soʻm) summalari bir tomonlama hisobvaraq-faktura asosida avtomatik tarzda Sotishlar reyestrida (QQS hisob-kitobiga 5-ilova) aks ettiriladi;
- realizatsiya qilish boʻyicha aylanma summasini (48 000 ming soʻm) QQS hisob-kitobiga 1-ilovaning 010811 satri 3-ustunida koʻrsating.
![]()