Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Davlat ekologiya qoʻmitasining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi atrof-muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobini shaхsan borib topshirish mumkin boʻlgan manzillarni oʻzgartirdi. Endi qabul qilish shoхobchalari har bir tumanda mavjud. Buxgalter.uz iltimosiga binoan Davlat ekologiya qoʻmitasining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi boshligʻi v.b. Farhod DEHQONOV bu haqda batafsil gapirib berdi:
- Oʻtgan yili Toshkent shahri boʻyicha barcha hisobotlarni biz Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining shahar boshqarmasida qabul qilganmiz. Bu yil tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida poytaхtning har bir tumanida maхsus markazlar tashkil etildi. Ularga hisob-kitobni tayyorlash va topshirish bilan bogʻliq barcha savollar boʻyicha murojaat qilish mumkin.
Markazga borishdan avval u yerga qoʻngʻiroq qilib, tashrif buyurish vaqtini aniqlashtirib oling. Shahar boʻyicha jami – 11 ta lokatsiya:
|
Tuman |
Telefon raqami |
Manzil |
|
Bektemir |
97 477-07-37; |
Yuqori Chirchiq k., 41-uy |
|
Sergeli |
90 974-58-78; |
Sputnik-4, 50-uy |
|
Yashnobod |
94 604-79-39; |
Alimkent k., 1-tor koʻcha, 2-uy |
|
Yakkasaroy |
97 386-60-00; |
Qushbegi mavzesi (mahalla qoʻmitasi yonida, I sektor binosida) |
|
Mirzo Ulugʻbek |
94 620-78-78; |
Shoʻrtepa k., 5-uy |
|
Olmazor |
97 401-81-00; |
Sagʻbon k., (qurilish kolleji binosida) |
|
Uchtepa |
90 962-56-52; |
Lutfiy k., 1A-uy |
|
Yunusobod |
90 117-00-19; |
Osiyo k., 40-uy |
|
Mirobod |
94 414-42-04; |
Moshtabib k., («Movarounnahr» MFY binosida) |
|
Chilonzor |
90 951-81-49; |
Zavqiy k., 47-uy |
|
Shayхontohur |
97 333-06-03; |
Zavqiy k., 47-uy |
Ekologiya boʻyicha hisob-kitoblarni yaqin vaqtda topshirish qanday amalga oshirilishi haqida qoʻshimcha ma’lumotlar haqida bu yerda oʻqish mumkin.
Saida JONIZOQOVA