Davstatqoʻm qayta baholash indekslarini tasdiqladi

preview

Davstatqoʻm 2021 yil 1 yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash indekslarini tasdiqladi . Bu masalada nimaga e’tibor berish haqida buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA soʻzlab berdi:

- Asosiy fondlar qiymatini qayta baholashni 1 yanvar holati boʻyicha (1 fevralgacha) qayta baholashni oʻtkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib oʻtkazadilar :

  • har yili - barcha tashkilotlar tomonidan, mikrofirma va kichik korxonalar bundan mustasno;
  • uch yilda bir marotaba - mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan.

Tashkilotlar mulkida, ularning xoʻjalik yuritishida, tezkor boshqaruvida boʻlgan va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan, ularning texnik holatidan qat’i nazar, ishlab turgan va foydalanilmaydigan, konservatsiyada boʻlgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy vositalar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’yektlari va oʻrnatish uchun moʻljallangan uskunalar qayta baholanishi kerak .

Yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’yektlarining qiymati qayta baholanmaydi - xususiylashtirilgan yer uchastkalari bundan mustasno.

1 yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’yektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy fondlar boʻyicha esa - hisobga olish qiymatidan amalga oshiriladi.

Asosiy fondlarning toʻliq tiklanish qiymati tashkilotning xohishiga qarab :

  • bevosita qayta baholash usuli bilan - qayta baholashni oʻtkazish davrida 1 yanvarga shakllangan, baholanayotganlariga aynan oʻxshash boʻlgan yangi ob’yektlarga hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari boʻyicha alohida ob’yektlar qiymatini bevosita hisoblash yoʻli bilan;
  • indeks usuli bilan - asosiy fondlar turlari boʻyicha va ularni xarid qilish davrlariga bogʻliqlikda tabaqalangan asosiy fondlar qiymatini oʻzgartirish indekslarini qoʻllagan holda ayrim ob’yektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatini indekslash yoʻli bilan aniqlanadi.

Bunda asosiy fondlarning bir turdagi ob’yektlari (markalari, xillari va hokazo) boʻyicha yagona usul qoʻllaniladi.

Qoʻllanadigan asosiy fondlarni qayta baholash usulini korxonaning buxgalteriya hisob siyosatida aks ettiring.

Siz qayta baholashni mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan mutaxassislar - baholovchilarni jalb etgan holda amalga oshirishingiz mumkin.

E’tibor bering

Mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan indeks usulini qoʻllash chogʻida navbatdagi qayta baholashni oʻtkazish davrida soʻnggi qayta baholashdan keyin oʻtgan yillar uchun OAVda - har yili e’lon qilinadigan, asosiy fondlar qiymatini oʻzgartirish indekslari hisobga olinadi .

Binobarin, qayta baholashning indeks usulini qoʻllaydigan va oʻz asosiy vositalarini 2019 yil 1 yanvar holatiga va 2020 yil 1 yanvar holatiga qayta baholashdan oʻtkazmagan mikrofirma va kichik korxonalar ularni 2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha (2021 yil 1 fevralgacha) oxirgi qayta baholash oʻtkazilgan yildan oldingi barcha yillar uchun qayta baholash indekslarini hisobga olgan holda qayta baholashdan oʻtkazishlari kerak.

Ya’ni ular 2019, 2020 va 2021 yillar 1 yanvar holati boʻyicha qiymat indekslarini hisobga olishlari lozim. Bunda 2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha qayta baholashdan oʻtkazish natijalari 2021 yil uchun moliyaviy hisobotda aks ettiriladi .

Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text165993_davstatqum_qayta_baholash_indekslarini_tasdiqladi