Qanday soliq imtiyozlari 2021 yilda amal qilishda davom etadi

preview

05.09.2018 yildagi PQ-3931-son qaror bilan maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasidagi NTM 2025 yilga qadar barcha soliq turlarini toʻlashdan ozod etilgan edi. Imtiyozni qoʻllashda davom etish mumkinmi?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ Soliq solish boʻyicha maslahat boʻlimi boshligʻi Aziz UMIRZOQOV tushuntirdi.

-30.12.2019 yildagi OʻRQ-599-son Qonunning 4-moddasida aytilishicha, 2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.

Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasida faoliyat koʻrsatuvchi nodavlat ta’lim muassasalari 15.09.2017 yildagi PQ-3276-son qarorga muvofiq soliqlar toʻlashdan ozod etilgan. 05.09.2018 yildagi PQ-3931-son qaror bilan imtiyozning amal qilishi 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilgan.

Binobarin, maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaхslar 2025 yil 1 yanvarga qadar barcha soliq turlarini toʻlashdan ozod etilgan”.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text166072_qanday_soliq_imtiezlari_2021_yilda_amal_qilishda_davom_etadi