Yer soligʻi boʻyicha koeffitsiyentlarsiz nima qilish mumkin?

preview

2021 yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha birinchi toʻlovlarning muddati 9 yanvarda tugaydi (dam olish kuni va 11 yanvarga koʻchirishni inobatga olgan holda). Biroq hanuz toʻlovni hisoblab chiqarish imkonini beradigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar e’lon qilinmagan.

DSI xodimlari buxgalterlarning savollariga javob bergan holda - qoʻshimcha tushuntirishlarsiz 30.12.2020 yildagi OʻRQ-659-son Qonun bilan tasdiqlangan bazaviy stavkalarni berishyapti. Buxgalter qanday yoʻl tutishi lozim?

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:


- 2021 yildan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasining aniq miqdori yangi tartibda - quyidagilar tomonidan tasdiqlangan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda belgilanishi kerak:

  • Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlangan;
  • tuman va shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlangan.

Ya’ni yuridik shaxslar uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqning oxirgi (aniq) stavkasi quyidagi formula boʻyicha hisolab chiqariladi:

Bazaviy stavka Koeffitsiyent X, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlangan,  Koeffitsiyent X tuman va shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlangan Koeffitsiyent.

Bazaviy stavkalar 30.12.2020 yildagi OʻRQ-659-son Qonunga 23-ilovada ham tasdiqlangan:

Respublika hududlari

1 gektar uchun bazaviy

soliq stavkasi (mln soʻmda)

Toshkent sh.

1 zona

208,2

2 zona

166,5

3 zona

124,9

4 zona

83,3

5 zona

41,6

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

26,2

Andijon viloyati

33,0

Buxoro viloyati

26,7

Jizzax viloyati

26,7

Qashqadaryo viloyati

26,7

Navoiy viloyati

26,7

Namangan viloyati

33,0

Samarqand viloyati

33,0

Surxondaryo viloyati

23,5

Sirdaryo viloyati

20,8

Toshkent viloyati

27,6

Fargʻona viloyati

26,7

Xorazm viloyati

26,7

Biroq kengashlar 2021 yil uchun koeffitsiyentlarni 31 dekabrga qadar tasdiqlashga ulgurishmadi, sababi qonun 30 dekabrda qabul qilingan.

Kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, fikrimcha - tez amalga oshmaydigan jarayon, yer soligʻi boʻyicha birinchi toʻlovlarni esa tadbirkorlik sub’yektlari koʻchirishni inobatga olgan holda - 11 yanvarda amalga oshirishlari kerak. Bunday xulosa chiqadi: bu yil soliqni bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblab chiqarish qoladi.

Yana bir bor ta’kidlashni istaymanki, bu mennig shaxsiy nuqtai nazarimdir. Bu masala boʻyicha DSQning rasmiy tushuntirishini ham eshitishni xohlardim. Regulyatorda vaziyatga boshqacha qarash va undan chiqish yoʻli boʻlishi mumkin. Lekin hanuz bu borada hech qanday bayonot berilmadi.

Umid qilamanki, yaqin soatlarda biz hamma rioya qilishi darkor boʻladigan davlat organlarining rasmiy pozitsiyasini koʻramiz.

Qonun 30 dekabrda e’lon qilinganligini va koeffitsiyentlar boʻyicha qaror qabul qilish uchun vaqt qolmaganligini inobatga olgan holda, bu yili oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamaslik ma’qul boʻlardi. Bunda noqulay iqtisodiy holatga ega tumanlarga kamaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashga ruxsat berish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Bunday tumanlar roʻyxatini, albatta, vakolatli davlat organlari ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.


Tahririyat izohi:
buxgalter.uz mazkur masala boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar yuzasidan Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qildi. Rasmiy javobni darhol e’lon qilamiz.

Oleg GAYeVOY tomonidan tayyorlangan

Yer soligʻi — maslahatlar Yer soligʻi Yer soligʻi — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text166099_er_soligi_buyicha_koefficientlarsiz_nima_qilish_mumkin