9 oyni xatolarsiz yopamiz:
6 yanvar - investitsiyalar boʻyicha statistika hisobotini topshirishning soʻnggi kuni
Ilgari soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlari orqali Davstatqoʻm 2020 yil uchun 1-ID shakliga asosan jalb qilingan va oʻzlashtirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot topshirish muddatlari 7 yanvarga qadar uzaytirilganligi toʻgʻrisida bildirishnomani yoʻlladi. Buxgalter.uz ayrim oʻziga xos jihatlarni aniqlashtirdi.
Uzaytirish yangi yil bayrami va buxgalterlar uchun zarur qulay sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq. Eslatib oʻtamiz,1-ID shakli boʻyicha hisobotni korxonalar har chorakda va har yili - hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasiga qadar topshiradilar.
Hisobotni yuridik shaxslar - investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrochilari taqdim etadilar.
Hisobotni onlayn topshirish mumkin. Hisobot blankasi va uni toʻldirish boʻyicha tushuntirish - bu yerda. Statistika hisobotlarining butun roʻyxatidan shaxsiy kabinetda Estat 3.0 dasturida foydalanish mumkin. Roʻyxatdan oʻtish uchun ERI kaliti zarur.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi