Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Norma.uz portali 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlarning sharhini taqdim etadi. Demak...
Tadbirkorlikka koʻproq erkinlik
- Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 26 turi - bekor qilinadi, 45 turi - birlashtirildi, 23 turi - xabardor qilish tartibiga almashtirildi;
- tadbirkorlik sub’yektlarida 2020 yilda muddati oʻtgan litsenziyalar va ruxsatnomalar muddatlarini uzaytirish boʻyicha majburiyat yuzaga keladi (ular 1.01.2021 yilga qadar muzlatilgan edi). Buni «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oshirish mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali oladigan TIF sub’yektlari bundan mustasno;
- 1 ta litsenziya turi va 14 ta hujjatni rasmiylashtirish muddatlari qisqartirilmoqda;
- turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy boʻladi.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish
- 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarining bank kartalari va kontaktsiz toʻlovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga majburiy tartibda oʻtish maqsadida umumiy daromadda hisobga olinmaydi;
- qurilish korxonalari ish haqini naqd pulda toʻlash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashi mumkin. Toʻlovlar hajmi hisobot davri uchun MHF jami miqdorining 10% foizidan oshmasligi kerak (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda). Tashkilotlar JShDS va ijtimoiy soliqning toʻlanishini ta’minlaydi, shuningdek, shartnoma tuzmasdan yollangan shaxslarga toʻlangan toʻlovlarni koʻrsatgan holda ularning reyestri taqdim qilib boradi.
Stavkalar va yigʻimlar qanday oʻzgardi?
- Bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari qoʻllaniladi;
- xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni "erkin muomalaga chiqarish uchun" bojxona rejimiga rasmiylashtirishga taqiq kiritiladi;
- yarim tayyor charmni (TIF TN buyicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda yigʻim eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10%ini tashkil qiladi;
- paxta ip-kalavalarini (TIF TN buyicha 5205, 5206, 5207 kodlari) olib chiqishda esa har bir kilogramm ip-kalava uchun yigʻim - $0,01;
- Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga Eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar reyestriga kiritilgan xorijiy eksport qiluvchilarga ruxsat beriladi.
Onlayn-NKM yoki virtual kassani joriy etish
Yil yakunlari boʻyicha yoki yil davomida yillik aylanmasi 100 mln soʻmdan oshgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanish majburiy boʻladi.
Soliq stavkalari
- Tamaki va alkogolli mahsulotlari, neft mahsulotlari va boshqa aksizosti tovarlari va xizmatlari uchun soliq stavkalari, shuningdek qat’iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalari oʻzgartirildi;
- rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25%dan 13%gacha pasaytiriladi.
Davlat xaridlari tartibi oʻzgartirildi
- Strategik xarid qiluvchilar uchun tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi bekor qilinmoqda, uning oʻrniga ularni oʻtkazishning ichki qoidalari joriy etilmoqda;
- davlat xaridlari hamda strategik xaridlar ijrochilari maxsus axborot portalida (MAP) bevosita yoki bilvosita nazorat qilishga ega boʻlgan 25% yoki undan koʻp aksiyalarga (ulushga) oʻzining egalari (yakuniy benefitsiarlari) toʻgʻrisidagi axborotlarni oshkor qilishlari shart. Shuningdek ular tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yakunlari boʻyicha, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi holati haqida ma’lumotlarni oʻz veb-saytlari va MATda doimiy asosda joylashtirib borishlari kerak.
Qanday imtiyozlar bekor qilindi?
- mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi ilgarigidek 12% boʻladi;
- qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (moliyaviy yordam) taqdim etish chogʻida soliq solish maqsadlarida qayta moliyalashtirish stavkasi asosida aniqlanadigan daromad foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;
- umumiy ovqatlanish va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashtirilgan korxonalar - aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar imtiyozlar taqdim etilgunga qadar boʻlgani kabi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashadi.
2021 yil 1 yanvardan amal qilishni toʻxtatadigan imtiyozlar va prefensiyalarning toʻliq roʻyxati - bu yerda.
Norma.uz materiallari asosida