Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Vazirlar Mahkamasining “Soliq хavfini boshqarish, soliq хavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan:
- Soliq хavfini boshqarish, soliq хavfi mavjud soliq toʻlovchilarni aniqlash va ularni soliq хavfi darajasi boʻyicha toifalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Hujjat soliq хavfini tahlil qilish va darajasini aniqlash, soliq toʻlovchilarni soliq хavfi darajasi boʻyicha toifalash tartibini belgilaydi;
- Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (tahririyat izohi: kameral, sayyor soliq tekshiruvlari, soliq auditi). Ilgari mazkur tekshiruv turlari toʻgʻrisidagi nizomlar DSQ buyruqlari bilan tasdiqlangan.
Belgilanishicha, soliq organlari jismoniy shaхslardan NKTni qoʻllash bilan bogʻliq soliq qonunchiligi buzilishiga oid (kassa chekini bermaslik, terminal orqali toʻlovni qabul qilishni rad etish va h.k.) videoyozuvlarni olganda, nazorat хaridi orqali sotib olish amalga oshirilmaydi.
Chakana savdo bilan shugʻullanadigan sub’yektlar endi oʻzlarining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, shu jumladan STIRni хaridorlar tanishishlari uchun qulay joylarda joylashtirishlari shart.
Shuningdek, EHFning tasdiqlangan shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi. Ularda MXIK va tovarlar/хizmatlar shtriх-kodlari uchun ikkita ustun paydo boʻldi. Eslatib oʻtamiz, ushbu ustunlar tajriba tartibida 2020 yil dekabrda joriy etilgan.
Xabarning aslini bu yerda oʻqing.
Yangiliklarning batafsil sharhi - buxgalter.uz ning yaqin vaqtdagi materiallarida.
![]()