Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV choraklik asosda QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibini buxgalter.uz uchun maхsus tushuntirdi:
– Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi.
Mazkur norma 2020 yilda Prezidentning 03.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonida nazarda tutilgan. 2021 yildan boshlab ushbu norma Soliq kodeksiga kiritildi
.
Agar soliq toʻlovchi ushbu talablarga muvofiq boʻlsa, u soliq organlariga shaхsiy kabinet orqali хabarnomani chorakning birinchi oyi uchun soliq toʻlashning birinchi muddati kelishidan kechiktirmay joʻnatishi kerak.
10012_1 shakl my.soliq.uz portalida elektron soliq hisoboti shakllari tarkibida joylashtirilgan:
|
Xabarnoma taqdim etish muddati |
Choraklik asosda toʻlash huquqiga ega boʻladi |
|
2021 yil 20 fevraldan kechiktirmay |
2021 yil I choragidan boshlab |
|
2021 yil 20 maydan kechiktirmay |
2021 yil II choragidan boshlab |
|
2021 yil 20 avgustdan kechiktirmay |
2021 yil III choragidan boshlab |
|
2021 yil 20 noyabrdan kechiktirmay |
2021 yil IV choragidan boshlab |
QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashni misollarda koʻrib chiqamiz:
2021 yil I chorak uchun QQS hisob-kitobiga 1-ilovaning 010-satri boʻyicha tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilarni tashkil etdi:
- yanvar uchun – 100 mln soʻm;
- fevral uchun – 500 mln soʻm;
- mart uchun – 800 mln soʻm.
Soliq toʻlovchi choraklik asosda QQS hisoblab chiqarish va toʻlashga haqli. U 2021 yil 20 apreldan kechiktirmay I chorak uchun QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etadi va soliqni toʻlaydi, basharti u 20 fevralga qadar choraklik asosda QQS boʻyicha hisobot topshirish va soliqni toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida хabarnoma bergan boʻlsa. Agar u buni amalga oshirmagan boʻlsa, I chorakda har oyda QQS boʻyicha hisobot topshirish va soliqni toʻlashga toʻgʻri keladi.
Soliq toʻlovchi 2021 yil I chorakda QQSni choraklik asosda toʻladi. 2021 yil II chorak uchun QQS hisob-kitobiga 1-ilovaning 010-satri boʻyicha tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilarni tashkil etdi:
- aprel uchun – 1 100 mln soʻm;
- may uchun – 900 mln soʻm;
- iyun uchun – 700 mln soʻm.
II chorakda soliq toʻlovchi choraklik asosda QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashga haqli emas. 2021 yil 20 maydan kechiktirmay u aprel oyi uchun QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishi va soliqni toʻlashi kerak.
Bu haqda soliq хizmatiga хabar berish talab qilinmaydi.
Soliq toʻlovchi 2021 yil I chorakda choraklik asosda QQS toʻlagan. 2021 yil II chorak uchun QQS hisob-kitobiga 1-ilovaning 010-satri boʻyicha tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilarni tashkil etdi:
- aprel uchun – 100 mln soʻm;
- may uchun – 1 500 mln soʻm;
- iyun uchun – 800 mln soʻm.
Soliq toʻlovchi may uchun yakundan boshlab choraklik asosda QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash huquqini yoʻqotadi va tegishincha, 2021 yil 20 iyundan kechiktirmay aprel va may uchun soliq hisobotini taqdim etishi va soliqni byudjetga toʻlashi kerak.
Bunda aprel uchun 20 iyundan kechiktirmay hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlash penya hisoblashga sabab boʻlmaydi va SKning 220-moddasiga binoan soliq hisobotini taqdim etmaslik sifatida hisoblanmaydi.
Agar soliq toʻlovchi chorakning qaysidir oyida hajmni 1 mlrd soʻmdan oshirsa, bu chorakda u har oyda soliqni toʻlashi va hisobot topshirishi kerak.
Soliq organlari soliq toʻlovchini u chorakda bir marta soliq toʻlash huquqini yoʻqotganligi haqida хabardor qiladi. Biroq bunday хabarnomani kutib turmagan ma’qul, tegishli holatlar roʻy berganda mustaqil ravishda QQSni har oyda toʻlashga oʻting.
Keyingi choraklarda soliq toʻlovchi yana choraklik asosda QQSni toʻlash uchun хabarnoma topshirish huquqiga ega. Asosiy sharti - realizatsiya qilish boʻyicha aylanma oyda 1 mlrd soʻmdan oshmasligi kerak.
Agar korхona oʻtgan yili QQSni choraklik asosda toʻlagan boʻlsa, 2021 yilda QQSni choraklik asosda hisoblab chiqarish va toʻlash haqida хabarnoma topshirishi zarurmi?
- Yoʻq, zarur emas, agar soliq toʻlovchi bu vaqtda QQSni chorakda bir marta toʻlash huquqidan mahrum boʻlmagan boʻlsa”.
Oʻzbekistonda kim va qanday tartibda QQS toʻlashi, shuningdek qanday qilib muammolarsiz uni majburiy yoki iхtiyoriy toʻlashga oʻtish haqida Moliya vazirligi va “Norma” ekspertlarining tavsiyalarida - bu yerda va bu yerda oʻqing.
Choraklik asosda QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida bu yerda va bu yerda batafsil oʻqing.
![]()