Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Moliya vazirligi MHXSning davlat tiliga tarjimasi loyihalarini e’lon qilishni davom ettirmoqda. Dastlabki uchta hujjatning e’lon qilinishi keng muhokamalarga sabab boʻldi, amaliy takliflar koʻrib chiqishga qabul qilindi. Regulyator muhokamada ishtirok etishga va yana uchta standartning tarjimalarini sharhlashga chaqirmoqda.
Ilgari biz Moliya vazirligi MHXS hujjatlarini 2021 yilning ikkinchi yarim yilligida davlat tiliga tarjima qilishni tugallash va e’lon qilishni rejalashtirayotganligi haqida yozgan edik.
Va’da qilinganidek, yanvardan boshlab vazirlik tarjima qilingan hujjatlarni - haftada uchtadan loyihani e’lon qilishga kirishdi.
Oʻtgan haftada e’lon qilingan loyihalar qizgʻin fikrlar bildirishlarga sabab boʻldi, takliflar kelib tushdi. Hozirgi vaqtda ular komissiya tomonidan koʻrib chiqilmoqda, - deyiladi Moliya vazirligining хabarida.
- Bu haftada regulyator quyidagi loyihalarni joylashtirdi: MHXS №8 “Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va хatolar”;
- MHXS №20 “Davlat grantlari hisobi va davlat yordami toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yoritib berish”;
- MHXS №23 “Qarzlar boʻyicha sarflar”.
MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish boʻyicha takliflarni ifrs@mf.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
MHXS hujjatlarining davlat tiliga oʻgirilgan barcha muhokama qilinayotgan tarjimalarini mazkur havola boʻyicha topish mumkin.
Saida JONIZOQOVA