Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2021 yil 1 yanvardan boshlab qayta baholash bekor qilingandan soʻng turli darajadagi ekspertlar qayta baholash ma’qulligi foydasiga talay dalillarni bildirishgan. Natijada - ba’zi tadbirkorlar, ayniqsa uch yilda bir marta qayta baholashni oʻtkazganlar, uni haqiqatan oʻtkazmaslik mumkinligi yuzasidan shubhalana boshlashdi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan «TRI-S-AUDIT» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana GOLOSOVA oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi:
- Prezidentning 2020 yil 30 dekabrdagi PQ-4938-son qarorining 9-bandiga asosan 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun asosiy fondlarning har yillik majburiy qayta baholash tartibi bekor qilingan. Jumladan - ular uchun uch yillik qayta baholash davri belgilangan mikrofirma va kichik korxonalarga.
Shu bilan birga ommaviy axborot vositalarida ekspertlarning qayta baholashni oʻtkazish himoyasiga bagʻishlangan materiallari e’lon qilina boshladi. Bu tadbirkorlarni qayta baholashdan voz kechish maqsadga muvofiqligi yuzasidan shubhalanishga majbur qildi. Barcha boshqalarga qoʻshimcha ravishda Davstatqoʻm an’anaga binoan 2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha asosiy fondlar qiymatini qayta baholash indekslarini ishlab chiqdi va e’lon qildi.
Hotirjam qilmoqchiman: 2020 yil 1 yanvardan boshlab baholash haqiqatan ham majburiy boʻlishni toʻxtatgan. Qayta baholash indekslari uni oʻz tashabbusi tartibida oʻtkazishga qaror qiladiganlar uchun e’lon qilingan.
Savol tugʻiladi: qayta baholashni 3 yilda bir marta oʻtkazgan korxonalar qanday yoʻl tutishlari lozim? Axir ular buni oʻtkazgan holda, oldingi davrlar indekslarini hisobga olishlari kerak boʻlgan.
Men oldingi yillar uchun ham qayta baholashni oʻtkazmaslik lozimligiga koʻproq qoʻshilaman. Mana nima uchun.
Aylanmadan soliq toʻlovchi korxonalar uchun qayta baholash toʻgʻrisidagi masala umuman yuzaga kelmaydi. Qayta baholashni oʻtkazmaslik aylanmadan olinadigan soliqqa ta’sir koʻrsatmaydi.
Qayta baholash nimaga ta’sir koʻrsatadi? Amortizatsiyaga va demak - foyda soligʻiga. Va - mol-mulk soligʻiga va yana keyin foyda soligʻiga.
QQS va foyda soligʻi toʻlovchilar uchun qayta baholashni oʻtkazmaslik nimaga olib kelishi mumkin? Mol-mulk soligʻi kamroq, tannarx pastroq boʻlsa, foyda soligʻi yuqoriroq boʻladi. Va tabiiyki - sof foyda yuqoriroq. Mol-mulk soligʻi va foyda soligʻi stavkalarini hisobga olgan holda - soliq solish nuqtai nazaridan qayta baholashni oʻtkazishdan voz kechish varianti eng havfsiz koʻrinadi, mehnat sarflari va vaqtni tejash imkonini beradi. Bunda koʻchmas mulkning qoldiq qiymati mol-mulk soligʻini solish ob’yekti hisoblanishini unutmaslik lozim. Korxonaning barcha asosiy vositalari qayta baholanishi lozim va sarflar barcha asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiyaga kiritiladi. Barchasiga qoʻshimcha ravishda, koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha amortizatsiya normasi, asosan, 3%ni tashkil etadi, qolgan AV boʻyicha esa u ancha yuqori. Binobarin, soliq xatarlari mavjud emas.
Baribir kimningdir soliq organidan talabnoma olish xatari bormi? Boʻlishi mumkin - bir xil koʻchmas mulk ob’yektlari boʻlgan korxonalarda yoki zarar koʻrgan korxonalarda va bu ham amri mahol.
Tannarx - pastroq, korxonaning sof foydasi - yuqoriroq. Men, muassis sifatida, qayta baholashni oʻtkazmagan holda qoʻproq foyda olaman deyish uchun, soliq organlari sarflarni oshirishlari va foyda soligʻini kamaytirishlariga toʻgʻri keladi. Va yana shuni unutmaymizki, dividend soligʻi - 5%, foyda soligʻi esa - 15%.
Nima qilganda ham, qayta baholashsiz hammaga yaxshi.
Bunda, agar korxona qayta baholanmagan asosiy vositani realizatsiya qilishga qaror qilsa, soliq organlari realizatsiya qilish narxini - bozor qiymatidan farq qilishini tekshirishlari mumkin. Qayta baholash oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganidan qat’i nazar, realizatsiya qilish baribir bozor qiymati boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Oleg GAYeVOY tayyorladi