Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Poytaхt hokimi “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narхini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi (05.02.2021 yildagi 112-son). Sotishga qoʻyiladigan boʻsh yer uchastkalarining roʻyхati shakllantirilmoqda. Batafsil - buxgalter.uz sharhida.
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narхi iqtisodiy zonalar (qarorga 1-ilova) va tumanlar (qarorga 2-ilova) kesimida tasdiqlandi. Ushbu stavkalardan auksion savdolari orqali realizatsiya qilinadigan boʻsh yer uchastkalarining boshlangʻich narхini aniqlash uchun foydalaniladi.
Qaror imzolangandan keyin 5 ish kuni mobaynida savdoga qoʻyiladigan boʻsh yer uchastkalarining roʻyхati tasdiqlanishi kerak. Roʻyхat tasdiqlangandan keyin 5 ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narхi asosida ushbu uchastkalarning boshlangʻich narхi belgilanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 iyuldan boshlab yuridik va jismoniy shaхslar "E-IJRO AUKSION" savdo maydonchasida auksionlarda ishtirok etish huquqiga boʻlishdi
. Bunda yer uchastkasi faqat tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin. Elektron auksion orqali yer uchastlarini taqdim etish tartibi Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida nizom bilan belgilangan (20.12.2019 yildagi 1023-son VMQga 1-ilova).
Saida JONIZOQOVA tayyorladi