MHXSga oʻtishda nimadan oʻtish lozim boʻladi

preview

MHXSga oʻtishda nimaga shay boʻlish zarur? Buxgalter.uz iltimosiga binoan MHXS boʻyicha ekspert Goʻzal ISLOMOVA ushbu masala yuzasidan oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi:


– BHMS qachonlardir MHXSning asos boʻladigan qoidalariga rioya qilish sharti bilan yozilgan. Hisobotlar toʻplami, faoliyatning uzluksizligi tamoyillari, hisoblash usuli va kassa usulini qoʻllash tartibi, moliyaviy faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotni (balans) aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalga ajratish va umuman xalqaro hisob asoslangan koʻplab boshqalar milliy standartlarda ham mavjud. Biroq vaqt oʻtishi bilan BHMS fiskal tus oldi va bugungi kunda koʻp darajada soliq hisoboti uchun axborotni ta’minlaydigan standartlarga aylangan. Bunda ular investorlar, mulkdorlar va xalqaro moliya institutlariga kompaniyaning moliyaviy holati toʻgʻrisida  real tasavvurni bermaydi.

Aynan shuning uchun BHMSda MHXSni takrorlovchi normalar mavjud, biroq bunda “faol emas” hisoblanadi. Ularni shunchaki BHMS va soliq hisobi sharoitida amalga oshirib boʻlmaydi.

Masalan, 2-son BHMS “Asosiy xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlar” 1998 yilda tasdiqlangan, unga oʻzgartirishlar kiritilmagan. Undan bitta oddiy sababga koʻra buxgalteriya hisobida deyarli foydalanilmaydi: tushumni tan olishda bizda boshlangʻich hujjat - hisobvaraq-faktura birinchi galdagi hisoblanadi, u bilan ishlash tartibini soliq qonunchiligi qat’iy reglamentlaydi. Bunday sharoitlarda 2-son BHMS shartlarini bajarishning har doim ham imkoniyati yoʻq. Aynan shuning uchun ularning orasida mohiyatiga koʻra MHXS qoidalariga yaqin boʻlgan normalar boʻlishiga qaramay, uning normalari qoʻllanilmayapti.

2-son BHMSda daromad mavjudligi holatini aniqlash bitim shartlarini bajarish, bunday bitim boʻyicha toʻlov tartibi yoki professional mulohaza, baholash yoki diskontlangan qiymat hisob-kitobi tartibi asosiga quriladi. Bunda  bu masalada tasdiqlangan hisobvaraq-faktura eng muhim hujjat boʻlishi sharti mavjud emas. Hozir bu har qaysi bizning buxgalterimizning miyasiga qattiq oʻrnashib qolgan: “boʻnak - 10 kuniga qadar hisobvaraq-faktura - tushum - toʻlov”.

2002 yilda yettita eng yirik auditorlik firmalari MFRFO (IFAD) uchun koʻp mamlakatlarning milliy qoidalari MHXSdan yiroqdaligini koʻrsatish maqsadida tadqiqot oʻtkazgan. Ushbu tadqiqotning xulosalari biz uchun bugun ham juda dolzarb. Hisobotda konseptual tafovutlar aniqlangan - tan olish va baholashning mahalliy qoidalari va axborotni yoritib berish boʻyicha mahalliy talablarning mavjud emasligi. Mazkur masalalar MHXSni Oʻzbekistonda joriy etishda ham eng ogʻir boʻladi. Ayniqsa - agar MHXSdan soliq hisobida maqsadlarida ham foydalanilsa.


Eng murakkabi - tafsilotlarda

Ancha “amaliy” tafovutlar haqida gapirilsa, quyidagilarni qayd etish mumkin:

  1. Terminologiya.  Koʻpincha xalqaro standartlarda bizning qonunchilikda beriladigandan farq qiladigan tushunchalar mavjud boʻladi. Shunday ham boʻladiki, umuman, shunga oʻxshash iqtisodiy hodisalar bizning moliyaviy sharoitda mavjud emas. Bir xil, biroq ma’nosi boʻyicha turlicha boʻlgan tushunchalar mavjud. MHXSda koʻp miqdorda “yangi” terminologiya mavjudligi (pullarning vaqt qiymati, haqqoniy qiymat, aktivlarning qadrsizlanishi va boshqalar) va aniq reglamentlarning mavjud emasligi, shuningdek milliy qonunchilik bazasida bunday tushunchalar va ish namunalarining mavjud emasligi BHMS va MHXSni turli qirgʻoqlarga ajratadi.
  2. Schyotlar rejasi. MHXS avvalboshda hisobni yuritish standartlari hisoblanmagan, shu bois schyotlar rejasi reglamenti va ularning oʻzaro ta’siri shunchaki mavjud emas. Bizning buxgalterlarda esa eng talab qilingan standart - bu 21-son BHMS “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. U hisobda u yoki boshqa operatsiyani hisobda qanday aks ettirishga 90% javob beradi. MHXSda kontraktiv yoki kontrpassiv tushunchalari, xuddi shuningdek bunday schyotlarning ishlash tartibi  mavjud emas. MHXS boʻyicha hisob yuritish amaliyotida schyotlar turlari boʻyicha alohida boʻlinadi va shunda har bir schyot - faqat passiv (daromadlar schyotlari) yoki faqat avtiv (xarajatlar schyotlari) boʻladi.
  3. Hisobot formati. BHMS hisobotni shakllantirish, rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini belgilaydi, bu vaqtda MHXS faqat hisobot “toʻplami”ni va ularni shakllantirish qoidalarini beradi. Shuningdek hisobotni taqdim etish valyutasi masalasi yuzaga keladi. MHXSda siz hisobot maqsadiga bogʻliq holda taqdim etish valyutasini tanlashingiz mumkin - milliy qonunchilikda - faqat soʻm. MHXS boʻyicha hisobotni tuzishda tashkilot unda aks ettiriladigan davrni oʻzi tanlashi mumkin, BHMSda - bu har doim moliyaviy yilga tenglashtirilgan kalendar yili.
  4.  MHXSda hujjatni rasmiylashtirishga yoki umuman, uning mavjudligiga bogʻlash yoʻq. Operatsiya amalga oshirish holati va uning iqtisodiy mohiyati, mazmuniga muvofiq aks ettirilishi kerak. Albatta, bu MHXS boʻyicha hisobda boshlangʻich hujjatlar, shartnomalar va invoyslar, dalolatnomalar mavjud emasligini anglatmaydi. Bularning barchasi milliy qonunchilikka bogʻlangan holda mavjud. Biroq ushbu hujjatlar - roʻy bergan holatlarga nisbatan ikkilamchidir.
  5. BHMSda “professional mulohaza” tushunchasi biz shunchaki hujjatlarning birlamchiligiga koʻnikib qolganimiz uchun mavjud emas. Professional mulohaza ob’yektlarni hisobga olish uslubiyatlarini deyarli har qanday tanlashda zarur. Professional mulohaza MHXSni qoʻllash amaliyotida - buxgalterlik kasbi madaniyatining eng muhim elementi.
  6. Va shubhasiz, MHXSda BHMSda ta’riflanmagan normalar mavjud. Masalan, giperinflyatsiya sharoitlarida hisobotni shakllantirish, moliyaviy instrumentlar bilan ishlash, xejlash.

Bu - yuzada joylashgan tafovutlar. Biroq ular ham dastlabki koʻrib chiqishda yondashuvlarning oʻxshashligiga qaramay, BHMS va MHXS butunlay bir-biriga zid deyishga yetarlidir. Axir eng murakkabi tafsilotlarda yashiringan boʻladiku. Agar har bir alohida keysni muhokama qilishni boshlasak, aftidan, bitta-ikkita ekspertning kuchi bilan muammolar hal qilinmaydi, regulyatorning katta ishi talab etiladi.


Nazorat tizimini butunlay qayta koʻrib chiqish zarur

MHXSni joriy qilgan deyarli barcha mamlakatlar qayd etadigan yana bitta yetarlicha katta muammo - bunday hisobot ustidan nazoratning mavjud emasligi. Agar biz BHMS haqida gapirsak, bu yerda:

  • yoʻlga qoʻyilgan majburiy va tashabbusga binoan audit tizimi;
  • soliq solish bazasini oʻrganish doirasida baribir hisobot tuzilishini tekshiradigan soliq tekshiruvlari;
  • koʻp korxonalarda yetarli darajadagi ichki nazorat tizimi barpo etilgan.

Bularning barchasi hisobot tuzishda xatolarni oldini olish imkonini beradi, faoliyatning qandaydir holati hisobotga tushmasligi va u notoʻgʻri koʻrsatilishi riskini kamaytiradi. MHXS-hisobot uchun barpo etilgan nazorat tartibi mavjud emas, bunday nazoratsiz esa xalqaro amaliyot mamlakat MHXSdan foydalanishga oʻtganligini tan olmaydi.


Mutaxassislardan nima talab qilinadi

MHXSga oʻtishda tashkilot katta muammolarga - ham oʻzining ichida, ham umumiy qonunchilik sharoitining MHXSni joriy etish uchun tayyor emasligiga duch kelishini tushunishi zarur.

Agar ichki omillar haqida gapirilsa, bu - tayyorlangan mutaxassislarning mavjud emasligi. Hatto ular mavjud boʻlgan taqdirda - bunday mutaxassislarda, qoidaga binoan, professional mulohazani ifodalashda yetarli tajribaning mavjud emasligi, bu hisobotni tayyorlash jarayonini qiyinlashtiradi.

Transformatsiyani oʻtkazish yoki hisobga qoʻyish  juda yetishmayotgan ekspertlar - auditorlar, ayti-mutaxassislar va dasturiy ta’minotga katta sarflar bilan bogʻlangan.

Oʻrnida auditorlar haqida. Afsuski, ushbu amaliyotdan deyarli barcha mamlakatlar oʻtishgan, u bizda ham mavjud: auditorlar MHXS boʻyicha hisobotni oʻzlari toʻplaydilar va auditning mustaqilligi tamoyilini buzgan holda ularning oʻzlari bunday hisobotga xulosa beradilar. Umuman, hujjatlar boʻyicha bu taqiqlanmagan maslahat berish kabi koʻrinishi mumkin, biroq, afsuski, amaliyotda auditning mustaqilligi buzilmoqda.

Hisobotni tayyorlashda barcha mutaxassislar - buxgalterlar, moliyachilar, baholovchilar, xaridlar va sotuvlar boʻyicha mutaxassislar, muhandislar ishtirok etishadi. Eng asosiysi esa - qaror qabul qilishning koʻp masalalari shunga oʻxshash masalalar bilan shugʻullanmagan top-menejment gardaniga tushadi. Va - nima uchun buxgalter bunday savol berayotganligini, masalan, asosiy vositani realizatsiya qilish rejalari va potensial xaridorlar mavjudligi haqida savollar berayotganligini har doim ham tushunmasligi mumkin.

Korxona ichida moliya xizmati ularning bazasida operatsiyalarni hisobga olishi uchun yangi jarayonlar va ichki hujjatlarni shakllantirish zarur boʻladi. MHXS qoidalari boʻyicha hujjatlar emas, balki holatlar muhimligi bizning yodimizda. Moliya xizmatlari esa ishlab chiqarishni har kuni koʻrishmaydi va  hamkor xizmatlar ularni aytmasa, holatlarni bilmasliklari mumkin.

Hozir joriy etishni juda qiyinlashtirayotgan tashqi omillarni ham aytib oʻtaman:

  • MHXSni joriy etish mexanizmining aniq normativ bazasi mavjud emas. Ushbu jarayon regulyator NHHda aks ettiradigan “bitta ibora” darajasida ishlaydi. Va barcha qolgan hamjamiyat bu qanday oʻtkazilishini topishga harakat qiladi;
  • hozircha hamma standartlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan. Ular hali NHH sifatida tasdiqlanmagan. Bunda ruscha va inglizcha soʻzlashadigan buxgalterlar respublikada - kamchilik. Umuman MHXS hisobotini davlat organlariga taqdim etish talabini barcha standartlar oʻzbek tiliga tarjima qilinmaguncha, ularni OʻzR hududida qoʻllash imkoniyati va soliq, buxgalteriya va hatto fuqarolik qonunchiligi normalariga tegishli tuzatishlar kiritish maqsadida ekspertizadan oʻtkazilmaguncha noqonuniy deb hisoblayman;
  • buxgalterlik kasbiga oʻqitish tizimi tarmoqlanganligiga qaramay, u yoki boshqa normalarni qoʻllashning aniq muammolarini muhokama qilish mumkin boʻlgan mustahkam professional hamjamiyatning shakllanishi uchun hududda MHXSni qoʻllash amaliyoti kam ahamiyatli boʻlgan. Agar BHMS yoki soliq qonunchiligi boʻyicha bunday amaliyot koʻlamdor boʻlsa, MHXS boʻyicha bizning qonunchiligimiz sharoitlarida qoʻllaniladigan axborot nihoyatda kam va buxgalter maslahatchilar va auditorlardan tashqari hech kimga murojaat qilisholmaydi. Ularni tanlash ham yetarlicha murakkab. Sertifikatning mavjudligi ekspert yetarlicha malakali ekanligini anglatmaydi;
  • masalalarni soliq solish va MHXS boʻyicha hisobotning bir-biriga bogʻliqligi boʻyicha hal qilish boʻyicha qoʻllanma mavjud emas.


“Xatolar qoʻrqinchi” qanday kamaytiriladi

Barcha mamlakatlar MHXSni joriy etishda qiyinchiliklarga duch kelishgan. Ularni tajribasini hisobga olish va bu yoʻnalishda oqilona ishni boshlash ma’qul deb hisoblayman. Masalan, koʻp mamlakatlarda MHXSni joriy etish uchun tayanch Moliya vazirligi emas, balki MHXSQ bilan bitimlar tuzgan va qoʻllanmalar va tushuntirishlar chiqargan, korxonalarga amaliy yordam bergan notijorat tashkilotlar boʻlgan.

Bizning holda uning huzurida ekspert kengashi tashkil etilishi kerak boʻlgan Moliya vazirligi regulyator boʻladi (24.08.2020 yildagi 507-son VMQga asosan). Regulyator tomonidan ancha faol ish olib borilishini koʻrishni istardik, bu MHXSni joriy etishda “xatolar qoʻrqinchi” darajasini kamaytirish va ancha sifatli hisobot olish imkonini bergan boʻlardi.

 
Oleg GAYeVOY tayyorladi

MHXS: soliq hisobi — maslahatlar MHXS MHXS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text167231_mhhsga_utishda_nimadan_utish_lozim_buladi