9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ilgari QQS boʻyicha hisobot shaklini ochishda ikkita kod boʻlgan: 1- umumiy va 94-quruvchilar uchun. Hozir elektron shaklni ochishda faqat bitta 1 kodi mavjud, biroq bunda shaxsiy kartochka oʻzining odatdagi 94 kodini saqlab qolgan. Soliq toʻlovchilar nima qilishlari lozim? Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ Byudjet daromadlarini prognozlashtirish boshqarmasi katta inspektori Dina MOʻMINOVA tushuntirdi:
- DSQ soliqlarni birxillashtirmoqda, takrorlanuvchi hisobvaraqlar yopiladi. Xususan, QQS boʻyicha quruvchilar uchun 94-hisobvaraq yopildi, barcha uchun yagona kod qoldi - 1.
Shu bois 2021 yilda QQS boʻyicha hisobot shakli barcha uchun bir xil va 1 kodiga ega. Barcha ilgari shaklni 94 kodi bilan toʻldirgan va topshirganlar endi shaklni 1 kodi bilan topshirishlari kerak. 2020 yil uchun summalar qoldiqlari 1 kodiga oʻtkaziladi.
Qurilish kompaniyalarining shaxsiy kartochkalari QQS boʻyicha yillik hisobotlarni topshirish tugagunga qadar oʻzlarining ilgarigi 94 kodini saqlab turishadi, keyin ularning kodi ham 1 ga oʻzgartiriladi.
Boshqa soliqlar boʻyicha ham shunga oʻxshash ishlar olib boriladi. Masalan, aylanmadan olinadigan soliq uchta kodga ega boʻlgan: 100 - barcha ishlab chiqarish tarmoqlari uchun, 108 - chakana savdo korxonalari uchun va 109 - ulgurji savdo tashkilotlari uchun. Bundan buyon ushbu soliqni toʻlovchi barcha uchun 100 kodi saqlanib qoladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi