2021 yilda QQSni har chorakda toʻlash mumkinmi

preview

2020 yilda tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va EHFni qoʻllaydigan QQS toʻlovchilar QQSni har choraklik asosda hisoblash va toʻlash huquqiga ega boʻlishgan . Bugungi kunda ular uchun hisob-kitobning elektron shakli yopilgan. Bu ular QQSni har oyda hisob-kitob qilish va toʻlashga oʻtishlari kerakligini anglatadimi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ QQS boshqarmasi boshligʻi Behzod ISAQULOV tushuntirdi:

– Eng avvalo shuni ma’lum qilishni istardimki, tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan tadbirkorlar ilgarigidek QQSni har chorakda toʻlashlari mumkin.

Prezidentning PF-5978-son Farmoni ushbu norma 2021 yil 1 yanvarga qadar amal qilishini nazarda tutgan. Biroq 30.12.2020 yildagi OʻRQ-659-son Qonunning qabul qilinishi bilan SKning 259-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirildi: “Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi”.  Ya’ni endi ushbu norma muddatsiz boʻldi. Va endilikda bu huquq emas, balki belgilangan normadir: aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan barcha QQSni har choraklik asosda toʻlaydi.

2020 yilda ushbu toifa va soliq toʻlovchilar uchun amal qilgan Hisob-kitobning elektron shakli yopilgan, sababi 2021 yilda uni yangi shakl boʻyicha topshirish zarur boʻladi. Shakl my.soliq.uz da joriy yilning I choragi yakuniga yaqin joylashtiriladi.

Agar sizning aylanmangiz 1 mlrd soʻmdan oshmasa, soliq ma’murchiligida хatoni istisno qilish uchun soliq organlariga shaхsiy kabinet orqali хabarnoma joʻnatishni tavsiya qilamiz (10012_1-son shakl my.soliq.uz portalida elektron soliq hisoboti shakllari tarkibida joylashtirilgan).

Shuni nazarda tuting: soliq organlari хabarnomaga javob berishmaydi, dastlabki holatda uni e’tiborga qabul qilishadi.

Agar hisobot choragi oylaridan birida soliq toʻlovchining aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshsa, u QQSni chorakda bir marta toʻlash va u boʻyicha hisobot topshirish huquqini yoʻqotadi. Bu holda u soliqni har oyda hisoblab chiqarish va toʻlashga oʻtishi kerak.

Soliq organlari soliq toʻlovchini u soliqni har chorakda toʻlash huquqini yoʻqotganligi haqida хabardor qilishadi, biroq bunday bildirishnomani kutib turish shart emas.

 Oleg GAYeVOY tayyorladi

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text167460_2021_yilda_qqsni_har_chorakda_tulash_mumkinmi