Kontragentlarga hujjatlar toʻplaymiz. Qadamma-qadam yoʻriqnoma

preview

Fevral voqealari kontragentlarni tanlash naqadar muhimligini koʻrsatdi. Ishonchlilik yuzasidan potensial hamkorni tekshirish masalasi katta summada bitim tuziladigan va bitim boʻyicha xarajatlar tadbirkor uchun ahamiyatli boʻlgan hollarda ayniqsa keskin turadi. Soliq nazoratini qat’iylashtirish sharoitlarida Gulnora ERGAShEVAning fikriga koʻra, kontragentni tekshirish masalasiga rasman yondashish lozim emas. Buxgalter.uz iltimosiga binoan ekspert mazkur vazifani hal qilish yuzasidan oʻz qarashlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Koʻp kompaniyalar soʻnggi pallagacha kontragentlarni tekshirish yuzasidan oʻzlarini urintirishmadi. Oʻzlarini shubhali aloqalardan ehtiyot qilishga uringanlar esa koʻpincha  ushbu vazifani bosh buxgalter zimmasiga yuklashgan.

Ish koʻpligi, koʻpincha esa yetarli ma’muriy resurslar yetishmasligi tufayli buxgalterlar bunday majburiyatlarni qoʻshimcha majburiyat sifatida baholaydilar. Natijada hammasini xoʻja koʻrsinga qiladilar.

Shu bois, ushbu materialda men gapiradigan narsalar koʻproq buxgalterlar uchun emas, balki rahbarlar va kontraktlarni imzolashga tayyorlashda ishtirok etadigan mutaxassislar uchun moʻljallangan.

Harakatlar strategiyasidan kelib chiqqan holda soliqchilar koʻrinadiki, eng koʻp e’tiborni bitimning realligiga qaratishadi, boshlangʻich hujjatlardagi kamchiliklarga emas. Soliq organining talabnomalaridan himoya qilish uchun endi kontragent majburiyatlarni bajarishga qodir boʻlganligi va kompaniya kontragentlarining ishonchliligiga ishonch hosil qilganligini isbotlashi muhim. Ya’ni -  lozim darajada ehtiyotkorlik qilganligini. Kontragentni sinchiklab tekshirishgan. Mohiyatan, endi yetkazib beruvchi yoki pudratchiga toʻlaqonli hujjatlar toʻplash zarur, ularni zarurat boʻlganda soliq organlariga taqdim etish mumkin boʻladi. Ushbu hujjatlardan siz haqiqatan ham kontragentni atroflicha oʻrganganligingiz tushunarli boʻlishi kerak. Hujjatlar sizning hamkoringiz bitim tuzish paytida vijdonli toʻlov qobiliyatiga ega tadbirkorlik sub’yekti ekanligining barcha alomatlariga ega boʻlganligidan dalolat berishi kerak.

Kontragentni vijdonliligi yuzasidan tekshirishning qandaydir maxsus yoki universal mexanizmi yoki reglamenti mavjud emas. Shu bois men bosqichma-bosqich yoʻriqnomani tayyorladim, uning yordamida shartnoma tuzishdan oldin ikkinchi tarafni tekshirish mumkin. Manbalar - tashqi va ichki manbalar qanchalik koʻp jalb qilinsa, pudratchi (yetkazib beruvchi)ni tekshirish natijasi shunchalik sifatli boʻladi. Va - sizning kompaniyani qoʻshimcha hisoblangan soliqlardan himoya qilish imkoniyatingiz ancha yuqori boʻladi.

Kontragentni tekshirish - kompleks ish boʻlib, bir martalik ish hisoblanmaydi va tanlov uchun javobgarlik toʻliq sizning zimmangizda yotadi. Agar soliq organida kontragentga e’tirozlar yuzaga kelsa, aftidan, siz ham beixtiyor koʻngilsizlikka jalb qilinasiz.

Amaliyotda soliqlardan toʻliq yoki qisman boʻyin tovlashni nazarda tutadigan asossiz soliq nafi degan tushuncha mavjud.

Quyidagi hollarda soliq nafi asossiz deb e’tirof etiladi:

  • lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan boʻlsa , sababi kontragent tomonidan yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklarni bilishi kerak edi;
  • agar soliq toʻlovchi, uning oʻzaro aloqador yoki affillangan shaxslari soliq nafi bilan bogʻliq operatsiyalarni koʻproq soliq majburiyatlarini bajarmaydigan kontragentlar bilan amalga oshirsa .

Va agar ikkinchi holat -  soliq toʻlovchining tushungan holdagi harakatlari boʻlsa, birinchi holatda u soliqlardan boʻyin tovlash maqsadiga ega boʻlmasligi ham mumkin. Va bu holda unda muammoni bartaraf etish imkoniyati mavjud.

Mening nazarimda, “bir kunlik firma” yoki normal xoʻjalik yurituvchi sub’yekt bilan muomala qilayotganingizni tushunish uchun bir nechta izchil harakatlarni bajarish lozim.


1-BOSQICh: hujjatlarni tekshirish

Shartnoma tuzish bosqichida quyidagi hujjatlarni talab qilib oling:

  • tashkilot ustavining nusxasi;
  • davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi;
  • DSXOda hisobga olinganligi toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi;
  • bitim tuzilgan yildan oldingi yil uchun buxgalteriya hisoboti;
  • tashkilot rahbari pasportining nusxasi.
E’tibor bering!
Siz faqat ushbu hujjatlarni soʻrab olishingiz mumkin. Ularni sizga tanishib chiqish uchun berish yoki bermaslikni (nusxalar - jildga tikib qoʻyish uchun) - sizning kontragentingiz hal qiladi. U bunday qilmasligi yoki axborotning bir qismini taqdim etishi mumkin. U siz bilan qanchalik ochiq-oshkora boʻlishidan uning ishonchliligi haqida xulosa chiqarish mumkin.


2-BOSQICh: mavjud axborotni yigʻish

Davlat resurslaridan (DSQ, statistika, kadastr va h.k.) foydalaning. Masalan, Stat.uz saytida firmaning ustav fondi, ta’sischilari, IFUT, roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, telefon raqamlari, manzili va uning maqomini (“faoliyat koʻrsatayotgan”, “tugatish jarayonida”) bilib olish mumkin. Guvohnomani chop eting.


3-BOSQICh: manzilni tekshirish

Ommaviy roʻyxatdan oʻtkazish manzilidan foydalanish yoki roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan manzilda joylashmagani holati “bir kunlik firma” alomati hisoblanadi.

Albatta, agar sizning kontragentingiz bunday manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, bu hali sarosimaga tushishga asos hisoblanmaydi. Biroq “mehmonga borib”, oʻz koʻzingiz bilan haqiqatda joylashgan joyini koʻrish, agar siz u bilan hamkorlik qilishga qaror qilsangiz, ortiqchalik qilmaydi.


4-BOSQICh: shaxsiy tanishuv

Tashkilot rahbari bilan shaxsan tanishing. Agar u - boʻlmasa, balki oʻrniga qandaydir vakolatga ega tushunarsiz shaxslar boʻlsa, bundaylar bilan shartnoma tuzmagan ma’qul.

Agar direktor - boʻlsa, u qanday kiyinganligi, oʻzini qanday tutishiga e’tibor bering. Undan pasportini soʻrang. Jarga qadam qoʻyishdan oldin kamida rahbar bilan, yanada yaxshirogʻi - kontragentning majoritar ishtirokchisi bilan shaxsan tanishishni qat’iy tavsiya qilaman.


5-BOSQICh: shartnomani bajarish uchun tegishli bazaning mavjudligi

Koʻpincha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va Ustavdan kontragentning ustav kapitali minimal ekanligi koʻrinadi. Va bu shartnoma boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan taqdirda undiruvni qaratish mumkin boʻlgan qandaydir aktivlar mavjudligi yuzasidan qiziqish uchun asos hisoblanadi. Agar bu koʻchmas mulk va ishlab chiqarish vositalari boʻlsa, yanada yaxshi, sababi pul mablagʻlari yuqori likvidli aktivlar hisoblanadi va har xil “qulay” bahonalar bilan hisobvaraqdan yoʻqolishi mumkin. Masalan, yashirin affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishda, sun’iy qarzlar yaratishda va h.k.

Soʻnggi sanaga balansni soʻrang. Agar kontragent soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotini taqdim etishga rozi boʻlmasa, aktivlar toʻgʻrisida rasmiy ma’lumotnomani soʻrash mumkin.


6-BOSQICh: toʻlov qobiliyatini tahlil qilish

Mazkur bosqichda toʻlov qobiliyatsizligi alomatlarini tekshirish zarur. Oʻylaymanki, yaqin vaqtda davlat tomonidan qarzlar va bankrotlar toʻgʻrisida axborot olish mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi.  Sizga bunday axborotni taqdim etishlari uchun hozircha mazkur firma joylashgan tuman DSIga shunchaki soʻrov berish mumkin.

Kontragentdan rasmiy elektron kabinetdan chop etilgan byudjet bilan solishtirish dalolatnomasini soʻrash mumkin. Agar qarzlar, jarimalar va penyalar mavjud boʻlsa, oʻylaymanki, takavvalchilik qilish va shartoma tuzish ma’qul emas.


7-BOSQICh: ishbilarmonlik obroʻsini tahlil qilish

Kontragent oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarishga intilayotganligi va uning tarixida shubhali sud da’volari (2022 yildan boshlab, ehtimol, affillangan shaxslar bilan da’volar boʻladi), ular boʻyicha da’volar sud tomonidan qanoatlantirilgan shartnoma majburiyatlari boʻyicha koʻp karrali undiruvlar, soliq qarzlari mavjud emasligiga ishonch hosil qiling. Bu yerda murakkabliklar koʻp.

Zarurat boʻlganda advokat yoki yurist yollagan ma’qul. Bundan tashqari, bizning kontragentimiz kontragentlarini tekshirish mumkin. U kim bilan ishlayapti, unda qanday tavsiyalar mavjud... Pirovardida, dunyo tor, umumiy tanishlarni topish mumkin, ayniqsa - oʻz biznesida.

E’tibor bering!
Kontragentni, shu jumladan - chet el kompaniyasini qanday tekshirish va bunda qanday hujjatlarni soʻrab olish haqida “Norma”ning yuridik masalalar boʻyicha ekspertlari - advokat Eleonora MAZUROVA va Albert SAFINning tavsiyalarida bu yerda, bu yerda va bu yerda oʻqing.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text167528_kontragentlarga_hujjatlar_tuplaymiz_qadamma-qadam_yuriqnoma