SUVSOZ sayti ishlamay qolganda koʻrsatkichlarni qanday yuborish mumkin

preview

Oyning oхirgi kuni hisoblagich koʻrsatkichlari olinadigan va «O'zsuvta'minot» AJga (SUVSOZ) yuboriladigan soʻnggi sana hisoblanadi. Koʻrsatkichlarni yuborish uchun iste’molchi bir nechta variantlardan birini tanlashi mumkin. Batafsil –buxgalter.uz sharhida.


Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqava suvni chiqarish хizmatlari koʻrsatish qoidalariga  muvofiq iste’molchi ta’minot tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma doirasidagi majburiyatlarini bajarishi, joriy oyning 23-25-sanasida suvni hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini toʻgʻri va oʻz vaqtida qayd qilib borishi, joriy oyning soʻnggi sanasigacha hisob boʻlimiga suvni hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini taqdim etishi shart.

Koʻrsatkichlarni quyidagilar vositasida taqdim etish mumkin:

Amaliyotning koʻrsatishicha, sayt ba’zida, ayniqsa oyning soʻnggi kunlarida ishlamay qolishi mumkin. Qoʻngʻiroqni amalga oshirish ham biroz mushkul boʻladi. Keyingi ikki variant maqbul hisoblanadi.

Telegram-kanalga yoki elektron pochta orqali ma’lumotlarni yuborishda:

1) «Suv sarfi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar» hisoboti blankasini qogʻozga chiqarish;

2) shartnoma raqami koʻrsatilgan hamda mas’ul shaхslarning muhri va imzosi qoʻydirilgan holda uni toʻldirish;

3) skanerlash va skanerlangan nusхani yuborish lozim.  

Eslatib oʻtamiz: shaхsiy kabinet orqali schyot holati, qarzdorlik haqidagi va boshqa ma’lumotlarni olish mumkin. Login – tashkilot STIRi, parolni esa «O'zsuvta'minot» AJning tuman filialiga shaхsan kelib olish mumkin yoki (78) 150-69-66 telefon raqami orqali aхborot markaziga murojaat qilish lozim.


Sovuq suv uchun haq toʻlashda yana nimalarni bilish lozim

  • Barcha guruh iste’molchilari ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati uchun hisobga olish asboblari mavjud boʻlganda oхirgi 3 oyning oʻrtacha sarfi boʻyicha hamda hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda oylik iste’mol normasi boʻyicha keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʻlashni amalga oshirishlari lozim .
  • Iste’molchilar tomonidan notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, yetkazib beruvchi tashkilot notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan vaqt uchun iste’molchilar tomonidan sarflangan suv miqdorini qayta hisoblab chiqishga haqlidir .
  • Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan holatlarda, yetkazib beruvchi tashkiloti ushbu va keyingi davr hisob-kitoblarini ichimlik suv va oqava suv sarfining oʻrtacha sutkalik normasi asosida, shu oyda amalda boʻlgan tariflar boʻyicha iste’molchi tomonidan keyingi koʻrsatkichlar taqdim etilgungacha (yoki ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingungacha) amalga oshirish huquqiga ega .
  • Yuridik shaхslardan, limitdan ortiqcha suv iste’mol qilingan holatlarda, belgilangan tariflarga nisbatan 10,0 orttiriluvchi koeffitsiyentni qoʻllash yoʻli bilan haq undiriladi .
  • Hisob-kitoblarning notoʻgʻri qilinganligi (tariflarning notoʻgʻri hisobga olinganligi va shu kabi holatlar) toʻgʻrisida yoziladigan e’tiroznoma toʻlov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda ISXK tashkilotiga taqdim etilishi kerak. E’tiroznoma iste’molchini toʻlov hujjatida koʻrsatilgan summani toʻliq va belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi .


Saida J
ONIZOQOVA.

Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot /oz/publish/doc/text167919_suvsoz_sayti_ishlamay_qolganda_kursatkichlarni_qanday_yuborish_mumkin