QQS hisob-kitobi soʻnggi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda qanday toʻldiriladi

preview

DSQ Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti QQS hisob-kitobini soʻnggi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda elektron shaklda toʻldirish qoidalarini tushuntirdi. Xususan, mutaxassislar Hisob-kitobga yangi 8-ilova “Soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda hisobga olinadigan QQS summasiga kiritiladigan tuzatish Reyestri”ni qanday toʻldirishni  tushuntirishdi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.


Soʻnggi yangiliklarni hisobga olgan holda QQS hisob-kitobini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomadan misollar va skrinshotlar bilan bu yerda foydalanish mumkin.

Yirik yangiliklar orasida - 8-ilova qoʻshildi. Uni SKning 266-moddasi 5-qismiga muvofiq:

  • QQS toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyish  sanasida;
  • soliqdan ozod qilishni bekor qilishda oʻz balansida mavjud boʻlgan TMZ qoldiqlarining va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan summasini hisobga olish huquqiga ega soliq toʻlovchilar toʻldiradilar.

Hisob-kitobga 8-ilovaning 6-7-ustunlarida soʻnggi 12 oy ichida olingan, soliq toʻlovchida uni roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyish (ozod etishni bekor qilish) sanasida EHFga asosan TMZ (xizmatlarning) umumiy summasi koʻrsatiladi.

8-ilovaning 9-va 10-ustunlari SKning 266-moddasiga asosan toʻldiriladi.

E’tibor bering: 8-ilovaning 9 va 10-ustunlarining “Jami” satri Hisob-kitobga 3-ilovaning 012-satrida (3 va 4-ustunlar) avtomatik tarzda aks ettiriladi.


Oleg GAYeVOY tayyorladi

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text168225_qqs_hisob-kitobi_sunggi_uzgartirishlarni_hisobga_olgan_holda_qanday_tuldiriladi