9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2021 yil 3 martda JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining elektron shakliga - 5 va 6-ilovalarga oʻzgartirishlar kiritildi. Shuningdek, yangi 7-ilova “Bajarilgan qurilish ishlari uchun ish haqi hisob-kitobi toʻgʻrisida ma’lumotnoma” paydo boʻldi. Yaqin kunlarda uni kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazishlari kerak. Hozircha esa - 2021 yil fevral uchun hisobot davrining eng qizgʻin kunlarida - uni turli tarmoqlar korxonalari buxgalterlari sinab koʻradilar.
Toʻldirish chogʻida (xususan - Hisob-kitobning 5-ilovasi boʻyicha) qanday savollar tugʻilishi haqida buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA gapirib berdi:
- JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 5-ilova yangi ustunlar bilan toʻldirildi:
- “Hisobot davrida xodimning holati (1- ishlaydi, 2-mehnat shartnomasi bekor qilingan (fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnoma yoki qurilish kompaniyalari tomonidan shartnoma bilan rasmiylashtirilmagan yollangan xodimlar”;
- “Kontrakt shakli (1-mehnat shartnomasi: asosiy, 2-mehnat shartnomasi: oʻrindosh, 3-fuqarolik-huquqiy shartnoma, 4- qurilish kompaniyalari tomonidan shartnoma bilan rasmiylashtirilmagan yollangan xodimlar)”;
- Ish vaqti (0,25; 0,5; 1stavkada va h.k.)”.
Buxgalterlar ushbu ustunlarni toʻldirish chogʻida quyidagi savollarga duch kelishdi:
1) Amaliyotda ba’zan ayni bir xodim ham mehnat shartnomasi boʻyicha - asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi, ham bir vaqtda FHX shartnoma asosida qandaydir ishlarni bajarishi, xizmatlar koʻrsatishi mumkin. Masalan, u korxonada mehnat kontrakti boʻyicha direktor lavozimida ishlaydi va bir vaqtda FHX shartnoma asosida korxonaga yuridik, maslahat xizmatlari koʻrsatadi. Ayni paytda Hisob-kitobga 5-ilovaning elektron shakli uni Yoyilmada ikki marta - ikkita satrda koʻrsatish imkonini bermaydi, bunda xato koʻrsatilmoqda “STIR takrorlanayapti”.
Joriy paytda bunday vaziyatdan chiqishning yagona yoʻli - bunday xodimning daromadlarini birlashtirish va uni 5-ilovada mehnat kontrakti toifasi boʻyicha koʻrsatishdir.
Qayd etaman: buxgalterlar unda real ma’lumotlarni aks ettirishga emas, balki hisobot shaklining texnik parametrlariga moslashishlariga toʻgʻri kelishi yaxshi emas.
Shunga oʻxshash vaziyat misol uchun, xodim dastlab FHX shartnoma asosida bitta lavozim boʻyicha ishlagan, keyin esa uni asosiy ish joyi boʻyicha ishga oʻtkazilgan va u bilan endi boshqa lavozimga mehnat kontrakti tuzilgan taqdirda yuzaga keladi.
2) “Ish vaqti (0,25; 0,5; 1stavkada va h.k.)” ustuni boʻyicha ham savol tugʻildi.
Agar xodim FHX shartnoma asosida ishlasa, unga Ish vaqti tabeli yuritilmaydi. Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing. Tegishincha, buxgalter ushbu ustunni “0” koʻrsatkichi bilan toʻldiradi. 5 martga qadar bu tufayli dastur xato berdi. Hozir u ushbu ustunni “0” koʻrsatkichi bilan toʻldirish imkonini beradi.
Shuningdek, buxgalterlar “233” kod bilan - “Hisoblangan daromadlarning umumiy summasi oldingi oyga qaraganda kam boʻlishi mumkin emas” xato ustidan shikoyat qilishmoqda. Ushbu xato chiqmasligi uchun, 011-satr “Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar (Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasi) (Hisob-kitobga 5-ilovaning 6-ustuni) va 0110-satr “Ulardan, hisobot davri uchun hisoblangan ish haqi tarzidagi daromad (Hisob-kitobga 5-ilova, 10-ustun” koʻrsatkichlarini toʻgʻri toʻldirish zarur. Ular JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 5-ilovaning 9 va 10-ustunlari qiymatlariga muvofiq boʻlishi kerak:
- 5-ilovaning 011-satri va 9-ustunida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan koʻrsatiladi;
- 5-ilovaning 0110-satri va 10-ustunida joriy oy uchun hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar - oʻsib bormaydigan yakun bilan koʻrsatiladi.
![]()