Soliq auditi oʻtkazilishi lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati e’lon qilindi (Excel)

preview

DSQ ularda 2021 yil 20 apreldan 1 iyulga qadar soliq auditi oʻtkaziladigan 206 ta tashkilotdan iborat roʻyxatni e’lon qildi. Shundan keyin qoʻshimcha roʻyxat aniqlanadi, unga dastlabki ma’lumotlarga koʻra 500-800 ta korxona kiritiladi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.


I bosqichda - 20 apreldan boshlab - 56 ta korxonani tekshirish boshlanadi; II bosqichda - 1 iyulga qadar - yuqori xavf darajasi mavjud yana 150 ta sub’yekt tekshiriladi. Bu - yirik import qilvchilar, qurilish, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha firmalar, xizmat sohasi sub’yektlari.

Ushbu 206 ta korxonadan har birini 2021 yil 17 mart holati boʻyicha DSQning xavfni tahlil qilish tizimi xavfning eng yuqori guruhiga kiritgan (“qizil svetofor”).

Ancha qulay izlash uchun buxgalter.uz Excel formatida ularning roʻyxati nusxasini oldi, undan bu yerda foydalanish mumkin. Biroq baribir u dastlabki manbaga toʻgʻri kelishiga ishonch hosil qilish uchun axborotni pdf-fayl ma’lumotlari bilan solishtirishni tavsiya qilamiz.

DSQda ta’kidlashlaricha, e’lon qilingan roʻyxat xavfni tahlil qilish natijalari boʻyicha soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning yuqori darajasi mavjud yangi sub’yektlar bilan toʻldirilishi mumkin.

Shuningdek III bosqich ham nazarda tutilgan, u 2021 yil 1 iyuldan boshlanadi. Uning asnosida dastlabki ma’lumotlarga koʻra, soliq auditi yana 500-800 ta xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga daxl qiladi. Ushbu korxonalarning roʻyxati qoʻshimcha ravishda e’lon qilinadi.

Soliq auditi 07.01.2021 yildagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 1-son VMQda belgilangan tartibda oʻtkaziladi”.

E’tibor bering!

Soliq auditi oʻtkazilishi lozim boʻlgan korxonalar tekshiruv boshlanishidan 30 kalendar kun oldin soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida (yoki buyurtma xat bilan) soliq auditining boshlanishi haqida bildirishnoma oladi.

Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda tekshiruv soliq toʻlovchini oldindan xabardor qilmasdan boshlanadi.

Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash alomatlari SKning 223-moddasi “Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish)” asosida aniqlanadi. Bular:

  • tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik;
  • yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar boʻyicha tashish;
  • hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
  • rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish;
  • tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yoʻq qilish;
  • qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
  • NKMning fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda oʻzgartirish kiritish;
  • foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qoʻshish;
  • tovarlarni sotishdan (xizmat koʻrsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);
  • moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativlarni notoʻgʻri qoʻllash;
  • ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
  • mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
  • realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar boʻyicha aks ettirish.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Soliq nazorati: soliq hisobi — maslahatlar Soliq nazorati Soliq nazorati (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text168261_soliq_auditi_utkazilishi_lozim_bulgan_tashkilotlar_ruyhati_elon_qilindi_excel