Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
YaMMT: qoʻshimcha kelishuv qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
Agar xodimning lavozimi va stavkasi oʻzgarsa, qanday qilib qoʻshimcha kelishuv ma’lumotlari YaMMT tizimiga kiritiladi? “YaMMT” IDAK direksiyasi tavsiya qiladi:
- Agar xodimni oʻtkazishda ham lavozimi, ham stavkasi oʻzgarsa:
1) zarur stavka bilan ish oʻrni yaratish;
2) xodimni bir lavozimdan boshqasiga qoʻshimcha kelishuv orqali oʻtkazish zarur.
Masalan, xodimni 0,5 stavka bilan moliyachi lavozimidan 1 stavka bilan ekspert lavozimiga oʻtkazish zarur. Buning uchun YaMMTda 1 stavka bilan ekspert uchun ish oʻrni yaratiladi. Qoʻshimcha kelishuv yordamida xodim 0,5 stavka bilan moliyachi lavozimidan 1 stavka bilan ekspert lavozimiga oʻtkaziladi.
YaMMT IDAKda ish oʻrinlari yaratish va qoʻshimcha kelishuvni rasmiylashtirish boʻyicha skrinshotlar bilan batafsil yoʻriqnomani YaMMTning rasmiy saytida my.mehnat.uz oʻqing.
«Norma»ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Valeriya LYaNDRES:
- Bu masalada ham tizimni biroz takomillashtirish mumkin. “Mehnat shartnomalari (qoʻshimcha kelishuvlar) shartlarini oʻzgartirish” funksiyasi xuddi “Mehnat shartnomalarini tuzish” tamoyili boʻyicha ishlashi mumkin boʻlardi. Ma’lumotlar shartnomani tuzishda kiritiladi, ularni tugmaga bosib oʻzgartirgan holda, biz qoʻshimcha kelishuv va buyruq raqamiga havola berib darhol barcha oʻzgartirishlarni kirita olamiz.
Bu holda katta va foydalanish uchun murakkab boʻlgan funksional qoʻshimcha kelishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun keraksiz boʻlib qoladi, oʻrniga qulay va amaliy texnik yechim keladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi