MHXSga oʻtish korxonaga qanchaga tushadi?

preview

Prezidentning PQ-4611-son qarori bilan qator sub’yektlarga 2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash (2021 yil yakunlaridan boshlab) buyurilgan. Amaliyotda bu talab har doim ham bajarilmayapti va hisob BHMS asosida yuritilmoqda. Bunday korxonalar MHXS boʻyicha hisobotni qanday shakllantiradilar? Ekspert Goʻzal ISLOMOVA ushbu masala yuzasidan oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi:


“Yomon” kirish hisoboti

- MHXSni birinchi qoʻllash - oʻta muhim jarayon boʻlib, unga oddiy vazifaga kabi munosabatda boʻlish kerak emas.

Misol uchun hisob siyosatini olaylik: u qayta koʻrib chiqilishi lozim emas, faqat agar MHXSda oʻzgarishlar boʻlmasa. Hisob siyosatidagi aksariyat oʻzgartirishlar hisobotni retrospektiv qayta koʻrib chiqishga olib keladi.

Oddiy qilib aytganda, MHXSga oʻtayotgan korxona mustaqil ravishda MHXS boʻyicha hisob siyosatini tuza olmaydi, sababi tajriba va buni toʻgʻri bajarishi mumkin boʻlgan xodimlar mavjud emas. Maslahatchi yollanadi, u mavjud “yarim tayyor” materiallardan hisob siyosatini yozib beradi. Ushbu hisob siyosatini umuman standartlar talablari nuqtai nazaridan qoʻllasa boʻladi. Biroq rahbariyatda operatsion bandlik tufayli oqibatlarni tushunish uchun uni oʻrganishga vaqt yoʻq. Yoki - uning qoidalarini amaliy qoʻllashni yetarlicha tushunish mavjud emas. Natijada, qachon hisobot shakllanganda, moliyaviy natija mulkdorlarni nihoyatda ajablantiradi...

Nima uchun bunday boʻlganini aniqlashni boshlaydilar va boshqa hisob usulini tanlagan taqdirda korxona faoliyatiga ancha toʻgʻri keladigan natijalarni olish mumkinligini tushunadilar.

Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish lozim? Hisob siyosatini oʻzgartirish va barcha oldingi hisobotlarni qayta koʻrib chiqish lozimmi? Bu - yangi xarajatlar va qayta hisob-kitoblar...

Hisob siyosatidan tashqari birinchi qoʻllashda MHXS nuqtai nazaridan ahamiyatli xatolar sodir etilgan boʻlishi mumkin. Agar ular hisobot taqdim etishning ham birinchi, ham ikkinchi yilida aniqlanmasa, uslubiy jihatdan aynan shu vaqtdan boshlab “choʻzilishi” mumkin.

Bunday xatolarni tuzatishda, shuningdek hisobotni retrospektiv qayta koʻrib chiqish talabi ham mavjud. Albatta, turli aktivlar bilan har bir alohida vaziyatga nisbatan standartlarda qayta koʻrib chiqish boʻyicha oʻz talabi mavjud, biroq hozir biz MHXS boʻyicha “yomon” kirish hisobotining global xavflari haqida gapirmoqdamiz.

Demak, MHXSga oʻtish maqsadlaridan qat’i nazar (chet el investorlarini jalb qilish boʻyicha vazifa, xalqaro fond bozorlariga chiqish yoki shunchaki regulyatorning talabi) birinchi hisobotni shakllantirishga juda e’tiborli munosabatda boʻling. Va bu buxgalterga emas, balki korxona rahbarlariga chaqiruv. Katta darajada faqat ular MHXSga “toʻgʻri” oʻtishni ta’minlashi mumkin.


MHXSga oʻtish variantlari

Bugungi kunga qadar hisobni milliy standartlar boʻyicha yuritgan korxonalar uchun MHXS boʻyicha hisobot tuzish uchun ikkita variant mavjud - milliy hisobotni transformatsiya qilish yoki parallel hisobni joriy qilish. Ikkala variantning ijobiy va salbiy jihatlarini koʻrib chiqamiz va xarajatlar smetasini tushunishga harakat qilamiz.

Ta’kidlab oʻtish joizki: agar milliy qonunchilikda “hisobni yuritish” nima ekanligi belgilangan boʻlsa , MHXSda bu masala boʻyicha aniq qoʻllanma mavjud emas. MHXS boʻyicha hisobni qanday usul bilan yuritishni - korxonaning oʻzi imkoniyatlar, xodimlarning joriy etishga tayyorligi, resurslar mavjudligi, faoliyat koʻlami va bunday joriy etish bilan birga kechadigan xavflardan kelib chiqqan holda tanlaydi.



1. BHMS boʻyicha hisobotni MHXS hisobotga transformatsiya qilish

Bu - BHMS boʻyicha hisobotni schyotlar va operatsiyalarni qayta tasniflash yoʻli bilan moslashtirish va konversiya qilish. Oddiy qilib aytganda, transformatsiya mavjud milliy hisobot moddalarini MHXS talablariga asosan ifodalashni nazarda tutadi.


Ijobiy jihatlari:

Ushbu usulni hisobda uncha koʻp boʻlmagan operatsiyalar soniga ega yoki bir turdagi operatsiyalarga ega kompaniyalar uchun qoʻllagan yaxshi. Toʻgʻri tashkil etilgan taqdirda usul vaqtni ahamiyatli tejaydi. Agar korxona transformatsiyani mustaqil ravishda amalga oshirishga tavakkal qilmasa va maslahatchilar  va auditorlarni yollasa, transformatsiya jadvallarini ishlab chiqish va ularni toʻldirishga vaqt ahamiyatli tejaladi. Agar siz 2021 yil uchun MHXS boʻyicha hisobotning toʻliq toʻplamini chiqarmoqchi boʻlsangiz, ushbu usuldan siz qocholmaysiz.


Salbiy jihatlari:

Agar transformatsiya oʻz kuchi bilan amalga oshirilsa, moliya xizmati tarkibida transformatsiya jadvallarini (masalan, MS Excel da yoki shunga oʻxshash) tuza oladigan, ma’lumotni toʻgʻri kirita oladigan va transformatsiya oʻtkazmalarini shakllantira oladigan mutaxassislar boʻlishi kerak. Bu vaqt talab qiladi, agar, albatta, siz yaxshigina mukofot evaziga transformatsiya uchun instrumentlarning tayyor ishlanmalari bilan mutaxassisni oʻzingizga ogʻdirib olmasangiz.

Agarda siz mutaxassislarni yollasangiz, u yerda ikkita murakkablik mavjud: koʻproq ehtimol bilan, sizga natijada transformatsiya jadvallarini berishmaydi, sababi bu maslahatchilar va auditorlarning shaxsiy ishlanmalari va bu ularning ish haqi topish instrumenti. Ikkinchidan, hatto agar siz ularni olsangiz, siz ularni mustaqil ravishda tushunmaysiz. Oddiy qilib aytganda, siz faqat natija bilan - MHXS boʻyicha hisobot bilan qolasiz - va sizda jarayonni tushunadigan xodimlar boʻlmaydi. Yana variant bor - shaxsan siz uchun bunday jadvallarni ishlab chiqadigan va xodimlarni oʻqitadigan maslahatchilarni yollash.

Shuningdek, shuni tushunish muhimki, transformatsiyada ishlar BHMS boʻyicha “yopiq” hisobotga muvofiq keladigan aylanma-saldo qaydnomasi bilan olib boriladi. Buning ustiga, milliy hisobot nafaqat tayyorlanishi va tasdiqlanishi, balki mustaqil auditorlar tomonidan sifatli tekshirilishi kerak.

E’tibor bering!
Milliy hisobotdagi barcha xatolar transformatsiyada MHXS boʻyicha hisobotga oʻtadi.

Transformatsiya chogʻida  ishlab chiqarish, muhandis xodimlar va buxgalteriya xodimlari, bu vaqtni oʻzlarining bevosita vazifalariga ajratmagan holda, ma’lumot “topish” uchun sarflaydigan vaqt oydin boʻlmagan xarajatlarga aylanadi.

Xoʻsh, boshqa variantda - ular kundalik ish bilan bandlik tufayli bu vazifaga lozim darajada e’tibor qaratmaydilar. Shunda hisobot ham sifatsiz boʻladi va oqibatda maslahatchilar yoki oʻz xodimlari unga koʻproq vaqt sarflashadi, demakki, hisobot oqibatda sizga qimmatroqqa tushadi.


Xulosa:

Agar - soliq hisobini MHXS boʻyicha buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritish vazifasi qoʻyilsa, transformatsiyani qoʻllash vazifani gʻoyat murakkablashtiradi. Mening nazarimda, transformatsiya - bu regulyator talablariga muvofiq kelish uchun vazifani tez hal qilish. Agar korxona eng qisqa muddatlarda MHXS boʻyicha hisobot naflaridan foydalana olishni tushunsa va bilsa, u transformatsiyani qoʻllagandan keyin MHXS boʻyicha parallel hisob usulini koʻrib chiqishi lozim. Bu ichki nazoratning ancha qat’iy reglamentlarini joriy etish va nafaqat hisobning, balki aktivlardan foydalanish samaradorligining butun tizimini qayta koʻrib chiqishga olib keladi.


2. Parallel hisob

U bir vaqtda ham mahalliy standartlar, ham MHXS boʻyicha barcha operatsiyalarni aks ettirishni nazarda tutadi. Bu yerda faqat MHXS-hisobotlar bilan shugʻullanadigan mutaxassislarsiz uddalab boʻlmaydi.

Bu ularning ishiga qoʻshimcha yuklama sifatida MHXS boʻyicha hisobni yuritish topshiriladigan buxgalteriyaning uchta oʻqitilgan xodimi boʻlishi mumkin emas. Hayot voqeligida shtatdagi buxgalterlar bir vaqtda barchasi bilan shugʻullanishadi: hisob, shartnomalarni tekshirish, debitorlik qarzini talab qilib olish, banklar bilan kreditlar boʻyicha, soliq inspeksiyasi bilan - talabnomalar boʻyicha muzokaralar olib borish, sud muhokamalari, auditdan oʻtish, xodimlar bilan ishlash va h.k. va sh.k. Ularga yana MHXM boʻyicha hisob yuritishni yuklash - bu shunchaki bemor buxgalter va MHXS boʻyicha juda notoʻgʻri hisobotni olish.

Parallel hisobni barpo etish MHXS boʻyicha hisobotni tayyorlash boʻlimi xodimlarini ajratishni talab qiladi. Bunday tartib sizga moliyaviy hisob operatsiyalari ustidan ichki nazoratni tashkil etgan holda qoʻshimcha bonus beradi.


Ijobiy jihatlari:

Parallel hisobdan foydalanish sizga MHXS boʻyicha operativ hisobot, oʻz instrumentlaringiz va malakali xodimlarni beradi. Agar soliq solish va soliq solinadigan bazalar hisob-kitobi qoidalari bilan bogʻliq masala MHXS-hisob ma’lumoti asosida oqilona hal qilinsa, bu holda bunday hisob tizimiga moslashuvchan oʻtish boʻladi.


Salbiy jihatlari:

Oʻtishning yetarlicha  uzoq jarayoni - bu yerda ham dastlabki pallada korxona maslahatchilarsiz uddalay olmaydi. Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilishdan oʻtganlar hatto qoʻllashning 30 yillik amaliyoti ishlab chiqilgan milliy hisobda ham qancha murakkabliklar mavjudligini bilishadi. Mohiyatan, “tizimni qabul qiluvchilari va buyurtmachilari” boʻlishi kerak boʻlgan aksariyat korxonalar uchun oʻrganilmagan hisoblangan narsani joriy qilish esa - oddiy va arzon boʻlmagan vazifa.


Sarflar smetasi

Xarajatlar

Sharhlar

MHXS boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish va yollash

PQ-4611-son qarorga asosan mutaxassislar uch nafardan kam boʻlmasligi kerak, biroq bu eng kam miqdordir. Amaliyotda $5 mln aylanmada  va 1 000 ta operatsiyalarda ish uchun mutaxassislarning bunday soni yetarli boʻladi.

 

Oʻqitish va bir yilda 2 marta oʻtkaziladigan imtihonga roʻyxatdan oʻtkazishga xarajatlar boʻladi. Va shuni tushunish joizki, xodim oʻqitish vaqtida oʻzining lavozim vazifalarida unchalik samarali boʻlmaydi.

MHXS boʻyicha hisobotni tayyorlash jarayonida band boʻlgan xodimlarning soni bevosita kompaniyaning oʻzining koʻlami va hisobot tayyorlashning tanlangan usuli: parallel hisob yoki transformatsiyaga bogʻliq. Birinchi variantda tayyorlashga vaqt ahamiyatli koʻproq sarflanadi, tegishincha mehnat resurslari ham.

Smeta hisob-kitobida qancha yangi shtat birliklari paydo boʻlishi va ularni saqlashga xarajatlar (nafaqat ish haqi, balki ish oʻrnini ta’minlash, qoʻshimcha maydonlar, ularning ishi ma’murchiligi) qanday boʻlishini inobatga olish lozim.

Agar siz MHXS boʻyicha tayyor mutaxassisni qabul qilishga qaror qilgan boʻlsangiz, shuni yodda tutish lozimki, kadrlarning katta tanqisligi tufayli bunday mutaxassis kompaniyaga arzonga tushmaydi. Tanlashda, agar siz nomzodlarning tajribasi va bilimini mustaqil ravishda baholash holatida boʻlmasangiz, suhbat oʻtkazish uchun mutaxassislarni jalb qiling (bu ham xarajat)

Inventarlash

Byudjetga aktivlar va majburiyatlarni umumiy inventarlashdan oʻtkazishni kiritish zarur. Maqsad - nafaqat ularning mavjudligini aniqlash (rasmiy hisob), balki holati va ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini va iqtisodiy samaradorligini baholash. Bu - vaqt va katta mehnat resurslari, tegishincha, ularga xarajatlar

Aktivlar va majburiyatlarni baholash

MHXS baholashni oʻtkazish tartibi - mustaqil baholovchini jalb qilish zarurligi yoki kompaniya mustaqil ravishda uzoq muddatli aktivlarni baholashi mumkinligini reglamentlamaydi. Biroq baholash mos ekanligini tasdiqlash uchun korxona mustaqil ravishda baholashda  qoʻllanilgan usul va uni oʻtkazgan xodimning professonalligi boʻyicha  hujjatli tasdiqnomalar taqdim etishiga toʻgʻri keladi.

Biroq hatto agar siz aktivning “yangi narxi” koʻrsatilgan mustaqil baholovchining hisobotini olsangiz ham, aktivlarni baholash boʻyicha ish bu bilan yakunlanmaydi. Va sizning xodimlaringiz (maslahatchilar) MHXSning aktivlarni baholash va ularni aktivlar tarkibida hisobga olish talabi bilan bogʻliq masalalarni hal qilishni davom ettiradilar

Maslahatchilar va auditorlar

Bu yerda hammasi qabul qilingan qarorga bogʻliq:

1) oʻz kuchi bilan transformatsiya. Bunda maslahatchi “soʻradingiz - javob berildi” tamoyili boʻyicha ishlashi yoki transformatsiya jadvallarini ishlab chiqishda va xodimlarni oʻqitishda yordam berishi mumkin;

2) maslahatchilar va auditorlar kuchi bilan transformatsiya;

3) parallel hisobni yoʻlga qoʻyish. Bu yerda ham maslahatchi uchun vazifa variantlari ehtimoli mavjud. Bu hisobni Excel da yoʻlga qoʻyish, unda maslahatchi TV tayyorlash boʻyicha uslubchi sifatida boʻladigan va ishlarni qabul qilishda buyurtmachi tomonida “turadigan” dasturiy mahsulotni joriy etish boʻlishi mumkin. Balki - korxona mutaxassislari tomonidan hisobni joriy qilishda yuzaga keladigan xususiy masalalar  boʻyicha shunchaki maslahat berishi mumkin.

Maslahatchining narxi oʻtish va joriy etish boʻyicha qabul qilingan qarorga bogʻliq.

Biroq maslahatchi va auditorni tanlashda ham ehtiyotkor boʻlish lozim, sababi siz ularga eng qadrli narsani - keyinchalik siz ular bilan munosabatda boʻladigan kirish hisoboti va hisob siyosatini topshirasiz.

Maslahatchi va auditorni tanlagan holda shuni yodda tutingki, tajribali MHXS-mutaxassislarning soni cheklanganligi va regulyatorning mahalliy qonunchilik boʻyicha operatsiyalar uchun u yoki boshqa MHXSni qoʻllashga nisbatan reglamentlarining mavjud emasligi tufayli, ushbu xizmat arzon boʻlishi mumkin emas. Agar auditorlar va maslahatchilardan takliflardan biri narxi boʻyicha nihoyatda farq qilsa, xizmatlar sifati haqida oʻylab koʻrgan ma’qul.

Maslahatchini tanlagan holda, uni “butun hayotga hamkor” sifatida tanlang. Maslahatchilarni tez-tez almashtirish xizmatlarning qimmatlashishiga va kompaniya ichida tashkiliy muammolarga olib keladi.

Vazifalarni “sizning ishtahangiz” boʻyicha hal qilishni ta’minlaydigan kompaniyani tanlang. Va albatta, hech kim loyihada ishlaydigan xodimlar bilan oldindan tanishish, ularning rezyumelarini tahlil qilish, litsenziyalar va sertifikatlarni tekshirish, mijozlar kim, kompaniyaning obroʻsi qanday ekanligi va h.k.ni tahlil qilishni bekor qilmagan

Dasturiy ta’minot va joriy etish

Agar kompaniya barcha jarayonlarni avtomatlashtirishga qaror qilsa, shuni tushuntirish joizki, dastlab siz ularni belgilashingiz, keyin esa dasturchilaringizga vazifa berishingiz kerak. Shunday ekan, avval qiymatni TVni tuzishga yordam beradigan maslahatchilar uchun hisoblab chiqaring, keyin esa dasturchilar va DT uchun.

 

Shuni unutmangki, hisob dasturining qiymati - bu nafaqat dastlabki sarflar, balki litsenziyalarni har yilgi yangilash va xizmat koʻrsatish

MHXS boʻyicha hisobot auditi

Ehtimol, bu hozir ham milliy hisobot auditi doirasida mavjud boʻlgan yana bir xarajat. Biroq shuni tushunish joizki, xalqaro standartlar boʻyicha tuzilgan hisobot auditi murakkabligi bois qimmatroqqa tushadi

Boshqa sarflar

MHXSni joriy qilishda“qimmat” modda - bu ma’lumot oqimlari tizimini barpo etish (hujjat aylanishi va boshqa jarayonlar). Uzoq muddatli aktivlar qiymatining baholash testini oʻtkazish boʻyicha MHXS talablarini bajarish uchun muntazam ravishda aktivlarning samaradorligi toʻgʻrisida ma’lumot yigʻish va ulardan kelgusida foydalanishdan foydani tahlil qilish zarur.

Yana bitta murakkab vazifa boʻlib oʻzaro aloqador shaxslar bilan operatsiyalar boʻyicha nazorat tizimini tashkil etish hisoblanadi

Pulni sarflaymiz va MHXS boʻyicha hisobot tizimini olamizmi?

Afsuski, bu unchalik toʻgʻri emas. MHXS tizimi - bu ichki nazorat tizimini takomillashtirishning muntazam jarayoni, debitorlik va kreditorlik qarzi va xaridni nazorat qilish, aktivlarning saqlanishi va samaradorligi, kadrlar bilan ishlash tizimini yangilash zarurati va ichki hujjat aylanishini qayta koʻrib chiqish jarayoni.

Milliy standartlar tizimi “ma’muriy iqtisodiyot” doirasida yaxshi ishlaydi, biroq u bozor munosabatlarida mos emas. Afsuski, iqtisodiy muhit mamlakatda erkin bozor munosabatlariga oʻtmadi, bu ham MHXSni tushunish va joriy etishga toʻsqinlik qiladi.

Bunda MHXSning oʻzida talay oʻrganilmagan narsalar va hal qilinmagan muammolar, shuningdek xoʻjalik operatsiyalarini bizning idrok qilishimiz uchun xos boʻlmagan tarzda talqin qilishlar qolmoqda. Bularning barchasi tez, sodda va oson oʻtishga yordam bermaydi. Bu - ogʻir va qimmat turuvchi uzluksiz jarayon boʻlib, unga kompaniyaning barcha xizmatlari jalb qilinadi, korxona rahbarlari esa rahbarlik qilishlari va katta yuklamani koʻtarishlari kerak.


Mantiqli savol: MHXSni joriy etishning ijobiy jihatlari nimada?

Agar qisqa muddatli naflar haqida gapirsak - bu, shubhasiz, xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirishdan ancha arzon foydalanish imkoniyati. Qoidaga koʻra, MHXS boʻyicha tasdiqlangan hisobot mavjud boʻlganda kompaniya eng yaxshi kredit reytingi va ancha past stavkani olishi mumkin.

Rahbarlar va mulkdorlar uchun uzoq muddatli bonus - korxonaning holati, aktivlarning qiymati va ulardan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisida haqqoniy axborot olish. MHXS boʻyicha ma’lumotlar ham operatsion, ham investitsiyaviy faoliyat uchun samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradi. Usiz MHXS hisoboti uchun ma’lumot olish murakkab boʻlgan ichki nazorat tizimini kuchaytirish, ishlab chiqarishdagi “zaif joylarni” koʻrsatadi, korxona potensialini oshiradi va mahsulot yoki xizmatlar sifatini yaxshilaydi.


MHXS: soliq hisobi — maslahatlar MHXS MHXS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text168420_mhhsga_utish_korhonaga_qanchaga_tushadi