2021 yilda majburiy auditni 1 mayga qadar yakunlash zarur!

preview

2021 yil fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun bir qator yangi qoidalarni belgilaydi. Xususan, majburiy auditni yakunlashning soʻnggi muddatlari 15 iyunga qadar koʻchirilmoqda. Shunga qaramay - buxgalter.uz soʻroviga binoan Moliya vazirligida aniqlashtirishlaricha, joriy yilda majburiy auditni ilgari amal qilgan qoidalar boʻyicha - 1 mayga qadar oʻtkazish zarur. Buni qanday amalga oshirish - bu yerda.

Vaziyatni «TRI-S-AUDIT» autitorlik tashkiloti direktori Svetlana GOLOSOVA sharhlab berdi:


- “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri 55-moddasiga muvofiq - qonun 25 maydan, ya’ni rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi. Shu tariqa, hozir uning eski tahriri normalari amal qilishi kelib chiqadi.

Koʻp auditorlar va majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tadbirkorlar ushbu paytni nazardan qochirishdi va hotirjam boʻlib, 15 iyunga moʻljal olishdi. Boshqa tomondan, deyarli barchamizda majburiy audit yangi qoidalar boʻyicha oʻtkazilishi zarur boʻladigan paytgacha yana toʻliq bir yil borligi bu yaхshi. Qonunning yangi tahriri koʻp jihatdan ilgarigisidan farq qiladi, yangi normalarni oʻz ichiga oladi, bu tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt talab etadi.

Auditorlik tekshiruvlarini хalqaro standartlarga muvofiq oʻtkazish amaliyoti yanada rivojlantiriladi. Qonunning 9-moddasiga asosan gap AXS boʻyicha Kengash tomonidan e’lon qilinadigan: auditning хalqaro standartlari; sifat nazorati; tahliliy tekshiruvlar; ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlar; turdosh хizmatlar хususida bormoqda. Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi bilan barcha ushbu standartlarning Oʻzbekiston hududida qoʻllanilishini tartibga soladigan normalar paydo boʻldi.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlarini tan olish tartibini belgilashi, Moliya vazirligi esa - keyinchalik ularni oʻzining rasmiy saytida e’lon qilishi kerak.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi ikkita tartibni tasdiqlashi lozim boʻladi: 1) auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoni oʻtkazish tartibini 2) auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibini.

Umuman, 2021 yil auditorlar va ularning mijozlari uchun katta  oʻzgarishlar yili boʻladi. Umid qilamizki, yangi qoidalarni ishlab chiqish va joriy etish Moliya vazirligi mutaхassislarining batafsil tushuntirishlari bilan birga kechadi.

Boshqa masalalar orasida - regulyator uzoq muddatli kontraktlarga ega auditorlik tashkilotlari qanday yoʻl tutishlari lozimligini tushuntirishi muhim. Ular ilgari amal qilgan qoidalardan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlishi kerak. Ularni ham 2021 yil davomida qayta koʻrib chiqish zarurligi kelib chiqadi.


Oleg GAYeVOY
tayyorladi 

Audit Audit Audit /oz/publish/doc/text168511_2021_yilda_majburiy_auditni_1_mayga_qadar_yakunlash_zarur