9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Javob beramiz!” xizmatidan Buxgalter Pro, Norma dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari va “Soliq va bojxona xabarlari” va “Norma maslahatchi” gazetalari toʻplami obunachilari foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Saytning oddiy foydalanuvchilari savollar-javoblar bazasini endi koʻrishmaydi.
Xizmatning ma’lumotlar bazasi muntazam oʻsib boradi va bugungi kunda eng “qizgʻin” amaliy masalalar - yuridik, buxgalterlik, soliq, bojxona masalalari boʻyicha taxminan 20 ming ekspert javoblarini oʻz ichiga oladi.
2021 yilda xizmatga 18 yil toʻladi. Foydalanuvchilarning qanday toifalari va qanday darajada undan foydalanishlari mumkinligini eslatib oʻtishdan mamnunmiz:
Dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari va «SBX»/«Norma maslahatchi», «NTV»/«Norma» gazetalari toʻplami obunachilari “Javob beramiz!”ning toʻliq ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatiga egadirlar. Biz bilan boʻling, normada va “Norma” bilan boʻling, buxgalter.uz materiallarini oʻqing va agar sizda savollar tugʻilsa, murojaat qiling, javob beramiz!
1. Biz sizning savollaringizga javob beramiz.
2. Biz oʻz javoblarimizning sifatiga javob beramiz.
Maslahatlar soni:
|
Buxgalter PRO tizimi foydalanuvchilari |
|
Mikro biznes |
Kichik biznes |
Biznes |
VIP |
|
|
“Bevosita muloqot” telefoni orqali ogʻzaki javoblar |
4 |
8 |
12 |
24 |
|
|
|
Saytda servis orqali yozma javoblar |
– |
2 |
4 |
8 |
|
|
|
Amaldordan javoblar¹ |
– |
– |
1 |
2 |
|
|
|
“Javob beramiz!” ma’lumotlar bazasiga kirish² |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
|
¹ Biz sizga savolni bayon etishga yordam beramiz va davlat organlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha barcha ishlarni oʻz zimmamizga olamiz. ² “Javob beramiz!” ma’lumotlar bazasi katalogiga kirish darajasi Buxgalter Pro tizimi foydalanuvchilari uchun faol tarif rejasiga bogʻliq. |
||||||
|
Dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari (installyatsiya qilinadigan va www.nrm.uz da onlayn-versiyalari) |
Dasturiy mahsulot (DM) qiymatidan mezon MHEKMda: |
Mikro biznes |
Kichik biznes |
Biznes |
VIP |
VIP + |
|
DM ≤1 |
1 < DM ≤ 2 |
2 < DM ≤ 3 |
3 < DM ≤ 10 |
10 < DM |
||
|
“Bevosita muloqot” telefoni orqali ogʻzaki javoblar |
4 |
8 |
12 |
24 |
Cheklovsiz |
|
|
Saytda servis orqali yozma javoblar |
– |
2 |
4 |
8 |
12 |
|
|
Amaldordan javoblar |
– |
– |
1 |
2 |
3 |
|
|
“Javob beramiz!” ma’lumotlar bazasiga kirish |
+ |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
|
||||||
|
«SBX»/«Norma maslahatchi», «NTV»/«Norma» gazetalari toʻplami obunachilari |
“Bevosita muloqot” telefoni orqali ogʻzaki javoblar |
12 |
|
|||
|
Saytda servis orqali yozma javoblar |
4 |
|
||||
|
“Javob beramiz!” ma’lumotlar bazasiga kirish |
+ |
|
||||
Bonuslar:
- mahsulotning har bir nusxasi boʻyicha hisoblanadi;
- bir nechta mahsulotlar boʻyicha hisoblangani qoʻshiladi;
- shartnoma kuchga kirgandan soʻng taqdim etiladi va uning amal qilish muddati davomida foydalanish mumkin;
- agar shartnomaning amal qilish muddati - 12 oydan kam boʻlsa, taqdim etilmaydi.
Shartnomaga oʻzgartirishlar kiritishda, shuningdek mahsulotga chegirma taqdim etishda bonuslar tarif toifasiga bogʻliq holda qayta hisoblab chiqariladi.
Buxgalter.uz saytida oʻzingizning “Norma” mahsulotlari foydalanuvchisi maqomingiz qanday tasdiqlanadi?
Qanday kirish va oʻz maqomingizni tasdiqlash haqida bu yerda oʻqing yoki bu yerda va bu yerda video yoʻriqnomani koʻring.
Javoblarni taqdim etish shartlari qanday?
Buxgalter Pro foydalanuvchilari savollarni faqat yozma shaklda berishadi. Javoblar ogʻzaki yoki yozma ravishda berilishi mumkin.
Agar savol quyidagicha boʻlsa, ogʻzaki javoblar beriladi:
- oddiy;
- quyidagi mavzulardan biri boʻyicha berilgan boʻlsa:
- xoʻjalik, fuqarolik, mehnat qonunchiligi boʻyicha (yuridik savol);
- buxgalteriya hisobi, hisoboti va soliq solish boʻyicha (iqtisodiy savol).
“Javob beramiz!” ma’lumotnoma xizmati operatori va ekspertlari sizga savollar-javoblar bazasidan foydalanish yoki agar savol quyidagicha boʻlsa, sayt orqali yozma savol bilan murojaat qilishni tavsiya qilishadi:
- ekspertlar ular boʻyicha telefon orqali javob beradigan mavzular jumlasiga kirmasa;
- javobni tayyorlash uchun vaqt talab etilsa.
Ekspertlar darhol yoki shu kuni javob berishadi, basharti berilgan savol murakkablik darajasi va savol mavzusi boʻyicha telefon xizmati ishi shartlariga zid boʻlmasa.
Agar berilgan savol “Javob beramiz!” servisi katalogi mavzulari va foydalanish qoidalariga muvofiq boʻlsa, yozma javoblar beriladi. Javobni tayyorlash muddati - 5 ish kuniga qadar, agar savol murakkab boʻlsa - 10 ish kuniga qadar.
Siz ekspert xizmatiga savol bilan shartnomaning butun amal qilish muddatida murojaat qilishingiz mumkin. Savolni joʻnatishdan oldin “Javob beramiz!” servisidan foydalanish qoidalari bilan tanishing.
Qanday vazifalar “Javob beramiz!” xizmati faoliyati doirasiga kirmaydi?
Ekspertlar quyidagilarni talab qiluvchi murojaatlarga javob berishmaydi:
- foydalanuvchining boshlangʻich va hisobot hujjatlarini tahlil qilish, tuzish va/yoki tekshirishni;
- xoʻjalik operatsiyalarini tahlil qilish, xavflarni baholash;
- shartnomalar, boshqa hujjatlarni ekspertiza qilish va ishlab chiqish;
- aniq vaziyat boʻyicha ekspert xulosasi;
- soliq va boshqa tekshiruvlar, sud muhokamalari holatida huquqiy qoʻllab-quvvatlash.
Barcha yuqorida sanab oʻtilganlar - bu endi konsalting boʻladi, unga odatda boshqa narxlar boʻyicha haq toʻlanadi va sizning “Norma” bilan tuzgan shartnomangiz shartlariga kirmaydi.
“Javob beramiz!” xizmatiga qanday murojaat qilinadi?
Dastlab saytda tayyor javoblar bazasi bilan tanishib chiqing. U yerda tayyor javob mavjud boʻlishi mumkin. Agar shunga oʻxshash savol ilgari berilgan boʻlsa, siz esa uni takroran bergan boʻlsangiz, sizga ushbu tayyor javobga havola yuboriladi. Agar javobni oʻzingiz topsangiz - oʻzingizga bonusni tejab qolasiz!
Savolni saytda maxsus servis orqali berish mumkin. Installyatsiya qilinadigan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari buni dasturning interfeysi orqali amalga oshirishlari mumkin.
Savollarni joʻnatish servisi bilan qanday ishlanadi?
1. Siz quyidagilarni tanlaysiz:
- savolning mavzusini: kadrlarga oid / soliq solish va buxgalteriya / yuridik;
- istalgan javobning tili: oʻzbekcha / ruscha.
2. Vaziyatning ta’rifini va savolning oʻzini kiriting.
3. Javobni olish variantini tanlaysiz: ogʻzaki, yozma yoki amaldorning javobi. Agar sizda javobni olishning muayyan variantlari bilan bonuslar boʻlmasa, ushbu variantlarni tanlash imkoniyati blokirovka qilinadi.
4. Siz oʻz savolingizni joʻnatganingizdan soʻng, siz tomondan koʻrsatilgan pochta qutisiga ID raqami berilgan holda savol qabul qilinganligi toʻgʻrisida xat keladi. Agar siz profilda telefon raqamini koʻrsatgan boʻlsangiz, sms-xabarnoma ham olasiz.
5. Javobning ogʻzaki variantini siz telefon orqali olasiz, shu bois sizning shaxsiy kabinetingizda uning toʻgʻri raqamini koʻrsating.
Saytda sizda shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qancha bonus qolganligini koʻrish mumkin. Servisdan foydalanish uchun barcha bonuslar tugagandan keyin, siz - “Beriladigan savollar resursi tugadi” degan yozuvni koʻrasiz.
Javobni olish
Tayyor javob toʻgʻrisidagi axborot foydalanuvchi/obunachining elektron pochtasiga javob sahifasiga havola bilan kelib tushadi. Bundan tashqari, agar mijoz profilda telefon raqamini koʻrsatgan boʻlsa, sms-xabarnoma ham yuboriladi.
Yozma javob quyidagilarda e’lon qilinadi:
1) “Javob beramiz” ma’lumotlar bazasida;
2) mijozning shaxsiy kabinetida;
3) buxgalter.uz saytida “Mening savollarim” boʻlimida.
Installyatsiya qilinadigan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari dasturning interfeysida ham javoblarni koʻrishlari mumkin.
“Javob beramiz!” ma’lumotlar bazasiga kirishning xususiyatlari
“Javob beramiz!” ma’lumotlar bazasi katalogiga kirish darajasi Buxgalter Pro tizimi foydalanuvchilari uchun faol tarif rejasiga bogʻliq:
|
Nomi |
Mikro |
Kichik |
Biznes |
VIP |
|
|
Katalog |
Soliqlar – 2020 |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
Buxgalteriya hisobi 2018–2020 |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Soliqlar – 2019 |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Soliqlar 2014–2018 |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Soliq nazorati |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Mehnatga oid munosabatlar |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Pensiya, nafaqa, imtiyozlar |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Xoʻjalik faoliyati |
|
+ |
+ |
+ |
|
|
Yuridik savollar 2017–2021 |
|
|
+ |
+ |
|
|
NKMning qoʻllanilishi. Kassa operatsiyalari |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Bank kartalarini qoʻllagan holda hisob-kitoblar |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Bank tizimi |
|
|
+ |
+ |
|
|
Bojxona. TIF |
|
|
|
+ |
|
|
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar |
|
|
+ |
+ |
|
|
Meros |
|
|
|
+ |
|
|
Ta’lim |
|
|
+ |
+ |
|
|
Pasport tizimi |
|
|
+ |
+ |
|
|
Yakka tartibdagi tadbirkorlik |
|
+ |
+ |
+ |
|
|
Notijorat tashkilotlar |
|
|
+ |
+ |
|
|
Audit |
|
|
+ |
+ |
|
|
Ma’muriy javobgarlik |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
|
Jinoyat huquqi |
|
|
|
+ |
|
Dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari va «SBX»/«Norma maslahatchi», «NTV»/«Norma» gazetalari toʻplami obunachilari “Javob beramiz!”ning toʻliq ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatiga egadirlar.
Biz bilan boʻling, normada va “Norma” bilan boʻling, buxgalter.uz materiallarini oʻqing va agar sizda savollar tugʻilsa, murojaat qiling, javob beramiz!
![]()