Moliya vazirligi birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini eslatdi

preview

Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetiga Moliya vazirligidan birja savdolarida ishtirok etish imkoniyati toʻgʻrisida xabarnoma kelib tushdi. OʻzRTXBning koʻplab tadbirkorlar uchun elektron maydonlarini oʻzlashtirishning dolzarbligi 17 mart kuni Prezidentimizning PQ-5031-sonli qarori bilan imzolangan. Hujjatga koʻra 15 iyundan boshlab ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlar roʻyxati ortib bormoqda. Buxgalter.uz gap nima haqida borayotganligini aniqlashtirdi:


Kengaytirilgan roʻyxatga monopolist korxonalar va (yoki UFning 50% va undan ziyod davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan) ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan - polivinilxlorid (PVX), formalin, iste’mol va texnik etil spirti, kumush kiritildi.

Bundan tashqari, joriy yil oxiriga qadar 50% dan kam davlat ulushiga ega va davlat ulushiga ega boʻlmagan korxonalarning ayrim mahsulotlari  ochiq birja savdolarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga sement - ishlab chiqarish hajmining kamida 50%, chigit, paxta yogʻi va qayta ishlangan chigit chiqindilari - 100% kiritilgan.


OʻzRTXBning elektron maydonchalarida ishlashni qanday boshlash mumkin

OʻzRTXB kuyidagi dastaklarga ega:

  • byudjet va korporativ ishtirokchilar uchun auksion;
  • elektron doʻkon – byudjet va korporativ ishtirokchilar uchun;
  • tanlovlar, tenderlar, toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlarda ishtirok etish.

OʻzRTXB eslatib oʻtadi: birja savdolari qoidalariga asosan, yuridik shaxslar savdolarda faqatgina dallol – brokerlik kompaniyalari orqali qatnasha oladi.

Birja savdolari yoʻriqnomalariga asosan, birja savdolarida ishtirok etish uchun siz brokerlar bazasidan oʻz vakilingizni tanlashingiz kerak, u orqali siz sotish yoki sotib olish amallarini qila olasiz.


Birjaning ichki savdolarida sotuvchi sifatida ishtirok etishingiz uchun siz:

1. Tovarning birja byulleteniga kiritilishi uchun ariza toʻldiring;

2. Omborxonaning ma’lumotnomasini topshiring;

3. Birgalikda faoliyat olib borish uchun bitim tuzing;

4. Broker bilan topshiriq shartnomasini tuzing;

5. Shaxsiy hisobni ochish uchun kerakli hujjatlar topshirib hisob-kitob va kliring palatasida hisob oching:

shaxsiy hisob (FIR) ochish uchun:

a) hisob-kitob va kliring palatasining xizmat koʻrsatishi haqida ommaviy oferta va aksept talabnoma bilan tanishing;

b) aksept talabnomasiga imzo qoʻying;

v) Yuridik va jismoniy shaxs uchun kliring qatnashuvchisining anketasini toʻldiring;

g) imzo va muhrlar namunalari bilan toʻldirilgan ikki nusxadagi kartochkalar taqdim eting – yuklab olish; yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqida guvohnoma va imzolovchilarning pasport nusxalari.

6. Birja savdolarida ishtirok etish uchun yetkazib berish kafolati asosidagi bitimning xajmidan oldindan 10%gacha moliyaviy toʻlov  oʻtkaziladi:

a) Respublika ichidagi savdolar ishtirokchilariga quyidagi tovarlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi: YoMM, texnik moylar, paxta va soya kunjarasi, paxta shulhasi, bitum - yuklab olish.

b)  Respublika ichidagi savdolar ishtirokchilariga qolgan tovarlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi - yuklab olish.


Birja savdolarida xaridor sifatida ishtirok etishingiz uchun sizga quyidagilar kerak boʻladi:

1. Broker bilan topshiriq shartnomasini tuzish;

2. Shaxsiy hisobni ochish uchun kerakli hujjatlarni topshirib hisob-kitob va kliring palatasida hisob ochishingiz;

shaxsiy hisob (FIR) ochish uchun:

a) hisob-kitob va kliring palatasining xizmat koʻrsatishi haqida ommaviy oferta va aksept talabnoma bilan tanishish, talabnomaga imzo qoʻyish;

b) yuridik va jismoniy shaxs uchun kliring qatnashuvchisining anketasini toʻldirish;

v) imzo va muhrlar namunalari bilan toʻldirilgan ikki nusxadagi kartochkalar taqdim etish (yuklab olish) yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqida guvohnoma va imzolovchilarning pasport nusxalari;

3.Birja savdolarida ishtirok etish uchun kafolatlangan ta’minot asosida bitimning xajmidan 10%gacha oldindan moliyaviy toʻlov puli oʻtkaziladi:

a) respublika ichidagi savdolar ishtirokchilariga quyidagi tovarlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi: YoMM, texnik moylar, paxta va soya kunjarasi, paxta shulhasi, bitum -  yuklab olish.

b) Respublika ichidagi savdolar ishtirokchilariga qolgan tovarlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi - yuklab olish.

        
  Saida Jonizoqova tayyorladi

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text168596_moliya_vazirligi_birja_savdolarida_ishtirok_etish_imkoniyatini_eslatdi