Soliqqa oid qonunchilikdagi 2 ta oʻzgartirish 1 apreldan kuchga kirdi

preview

DSQ soliq toʻlovchilarga 2021 yil 1 apreldan boshlab 2007 yil 14 martdagi PF-3860-son Farmonga asosan imtiyozning amal qilishi toʻxtatilishi haqida eslatib oʻtdi. U oʻz ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilgan, shu jumladan - bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga modernizatsiya qilgan korxonalarga daxl qilgan. Elektrotexnika sanoati korxonalari aksincha 2021 yil 2 martdagi PQ-5011-son qarorga asosan yangi imtiyozdan foydalanish huquqiga ega boʻlishadi. Bu haqda batafsil - buxgalter.uz sharhida:


1. Imtiyozning amal qilishi toʻxtaydi

1 apreldan boshlab Prezidentning “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni kuchini yoʻqotadi, unga asosan:

  • xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga 5 yil mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi qurilish shaklida ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing ob’yekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdorida, tegishli soliq davrida amortizatsiya ajratmalarini chiqarib tashlagan holda, ammo soliqqa tortiladigan daromadning 30%idan oshmaydigan miqdorda foydadan olinadigan soliq bazasini kamaytirish huquqi berilgandi;
  • soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllagan yuridik shaxslar 5 yil davomida YaST boʻyicha soliq bazasini xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25%idan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytirishgan.

Oʻzgartirishlar 17.11.2020 yildagi PF-6112-son Farmonga muvofiq kiritiladi.


2. Yangi preferensiyalar kuchga kiradi

Elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga 2021 yil 1 apreldan 2024 yil 1 yanvarga qadar muddatga - foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha stavkalarni 50%ga kamaytirish tarzida soliq imtiyozlari beriladi. Ulardan hisobot davri yakunlari boʻyicha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80%idan kam boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar foydalanishlari mumkin.


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text168632_soliqqa_oid_qonunchilikdagi_2_ta_uzgartirish_1_apreldan_kuchga_kirdi