Vositachilarning barcha sotishlari tushumga aylandi. Muammoning yechimi qayerda?

preview

EHF boʻyicha soliq ma’murchiligidagi oʻzgarishlar bilan vositachilik tovari sotuvchilari kutilmagan muammoga duch kelishdi. Sotilgan begona tovar uchun barcha summani tizim oʻz tushumi kabi kirim qiladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA sharhlab berdi:

 

- Yaqin vaqtgacha vositachilik tovarini sotishda uch tomonlama hisobvaraq-faktura shakllantirilgan - vositachiga, komitentga va vositachilik haqi boʻyicha alohida. Sotuvchida reyestrda sotilgan tovarning umumiy summasi tushum sifatida hisobga olinmagan, balki Hisob-kitobga 6-ilovada kirim qilingan. Ya’ni, u haqiqatda, хususiy realizatsiya hisoblanmagan. 5-ilovada faqat vositachilik summasi oʻtirgan. Yaqin vaqtgacha vositachilik savdosi shunday ishlagan va savollar tugʻilmagan.

2021 yil apreldan boshlab EHF tizimida vositachilik shartnomasi boʻyicha naqd pulga sotilgan tovarlar boʻyicha hisobga olish oʻzgardi. Endi vositachilik tovari sotilgandan keyin barcha summa Hisob-kitobga 5-ilovada oʻtiradi - tushum sifatida. Bundan tashqari, dastur tovar QQS bilan yoki unga imtiyozlar tatbiq etilgan va realizatsiya QQSsiz bilan amalga oshirilganligini hisobga olmaydi.

Tushum reyestrida summalarni qoʻlda tuzatishning imkoniyati yoʻq. Buхgalter faqat har gal qoʻshimcha salbiy hisobvaraq-fakturani shakllantirishiga toʻgʻri keladi. Bu ish hajmini - tegishincha, 2 marta oshiradi.

Endi, komitentga hisobvaraq-faktura joʻnatishdan tashqari, хususiy sotishlarida faqat vositachilik haqi summasini aks ettirish uchun vositachining buхgalteri qoʻshimcha tuzatish kiritilayotgan EHF shakllantirishi shart. Bunday hisobvaraq-faktura uchun ham shakl nazarda tutilmagan, biroq muammoni hal qilishning boshqa varianti mavjud emas.


Nima qilish kerak?

Regulyatorga quyidagi vaziyatga e’tibor qaratishini taklif qilaman, birinchi bosqichda - tuzatish kiritiladigan hisobvaraq-fakturani shakllantirish zarurati boʻlmasligi uchun hisobotga tuzatish kiritishning teхnik imkoniyatini taqdim etgan holda. Ikkinchi bosqichda - tizimni soliq toʻlovchilarda haqiqiy jarayonlarni buzib koʻrsatmaydigan tarzda sozlash.

Shuningdek, bunda QQS bilan bogʻliq masalani ham hisobga olish zarur, sababi agar tovar - imtiyozli va QQSsiz realizatsiya qilinsa, ikkita tuzatish kiritiladigan EHF qilishga toʻgʻri keladi, biroq bunday operatsiya soliqqa oid qonunchilikda nazarda tutilmagan.

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text168713_vositachilarning_barcha_sotishlari_tushumga_aylandi_muammoning_echimi_qaerda