Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Davstatqoʻm saytida joriy yilning I choragida tanlanma kuzatuvga kiritilgan Kichik korхonalar va mikrofirmalarning tasdiqlangan roʻyхati e’lon qilindi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.
Endi mazkur korхonalar 4-kb savolnoma (avval 1-kb kuzatuv, 2-kb kuzatuv va 3-kb kuzatuv) yangi shakli boʻyicha kuzatilishini qayd etib oʻtamiz.
Yangi hisobot shakli paydo boʻlishi uchun eStat 3.0 dasturida:
- eStat 3.0 dasturining yangilangan versiyasini yuklab oling;
- «Shablonlar» papkasiga 4-kb savolnoma shaklini yuklab oling. Shundan soʻng u toʻldirish va joʻnatish uchun ochiladi.
Diqqat!
4-kb savolnoma yangi kuzatuv shaklini 2021 yil 15 aprelga qadar (15 aprel ham kiradi) taqdim etish zarur.(71) 202-80-74, (71) 202-80-75 telefon raqamlari orqali qoʻshimcha ma’lumot olish mumkin.
Tatyana LIMAREVA,
buxgalter.uz eksperti.