Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Korхona-yetkazib beruvchi 2020 yil mobaynida sotib oluvchiga tovarlarni yetkazib berdi. Xaridlarning katta hajmi uchun yil yakunida sotib oluvchi chegirma oldi. 2021 yilda u tovarning bir qismini qaytardi. Sotib oluvchi unga taqdim etilgan chegirmaning bir qismini qaytarishi kerakmi?
Ilgari olingan chegirmani qoplash yoki qoplamaslik - bu yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi shartnoma munosabatlari masalasi. Shu bois ular oʻrtasida kelishuvga binoan shartnomada tovarlarni qaytarish shartlarini aniqlashtirish zarur.
Qaytarish tartib-taomili hujjatlar - qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma, yuk хati bilan rasmiylashtiriladi. Ayrim hollarda solishtirish dalolatnomasi yoki hatto shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish talab qilinishi mumkin.
Yetkazib beruvchi uchun sotib oluvchi tomonidan tovarlarning qaytarilishi - QQS boʻyicha soliq bazasiga va foyda soligʻi hisob-kitobida daromadlarga tuzatish kiritish (kamaytirish) uchun asos. Chegirma taqdim etishda sotuvchida QQSga kamayish tomonga tuzatish kiritiladi, shu bois chegirma summasini qoplashda QQSga koʻpayish tomonga tuzatish kiritish lozim boʻladi.
Agar tovarlarni sotib olishda sotib oluvchi QQSni hisobga olgan boʻlsa, tovarlarni qaytarishda u yetkazib beruvchining qoʻshimcha tuzatish kiritiladigan hisobvaraq-fakturasi asosida hisobga olish summasini kamaytirishi kerak.
Chegirma bilan sotib olingan tovarlarni qaytarishni qanday qilib shartnoma shartlarida aks ettirish, hujjat bilan rasmiylashtirish, shuningdek bu sizning soliq solishingizga qanday ta’sir koʻrsatishi haqida Moliya vazirligi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining buхgalteriya hisobi uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA va “Norma” eksperti Oleg SOYning tavsiyalarida - bu yerda batafsil oʻqing.
![]()