NNT xodimlari toʻlovsiz ishlashyapti. Soliqchilarga qanday tushuntirish lozim

preview

NNT oʻz xodimlariga ish haqi hisoblamaydi va toʻlamaydi, sababi ular “jamoatchilik asosida” jalb qilingan. Tashkilot hech qanday daromad olmaydi. Shunga qaramay ish haqi va JShDS hisoblash borasida doim nizolar yuzaga keladi. Notijorat jamiyat ish haqi hisoblashi va undan soliqlar toʻlashi shartligi yoki shart emasligini yurist Ikrom ABDULQODIROV tushuntirdi:


- Savolga javob  jismoniy shaxslar bilan munosabatlar yuridik jihatdan qanday rasmiylashtirilganligiga hamda ularning ishi nimadan iborat ekanligiga bogʻliq.


Mehnatga oid munosabatlar

Savolda koʻrsatilganidek, NNTga jalb qilingan jismoniy shaxslar “xodimlar” deb nomlanadi. MKning 14-moddasi ma’nosiga binoan xodim - bu ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan fuqaro. Bunda xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qoʻyiladi .

Jumladan, masalan, har bir shaxs adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega . Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi. Ijtimoiy omillar jumlasiga, xususan, mehnat haqi miqdori kiradi .

Oylik mehnat haqi Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlishi mumkin emas . Va agar ish haqi hisoblangan boʻlsa, unga JShDS solinishi kerak .


Volontyorlik

Agar NNTga jalb qilinadigan jismoniy shaxslar volontyorlik bilan shugʻullansa, yondashuv oʻzgacha boʻladi. Ya’ni - ixtiyoriy ijtimoiy jihatdan yoʻnaltirilgan, erkin xohish-irodaga koʻra bajariladigan, bepul asosda jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshiriladigan.

“Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq volontyorlik volontyor va volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi oʻrtasida ushbu yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

Tashkilotchi, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan koʻproq band boʻlsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasini tuzishi shart.

Volontyorlik shartnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan biri volontyorlik faoliyatining tashkilotchisida, ikkinchisi - volontyorda saqlanadi.

Volontyorlik shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak :

  • volontyor amalga oshiradigan faoliyatning tavsifi;
  • bunday faoliyatni amalga oshirish davri;
  • ish soatlari va kunlari;
  • ishonib topshirilgan moddiy qimmatliklarning qiymati koʻrsatilgan holdagi tavsifi;
  • shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari;
  • volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi tomonidan beriladigan imtiyozlar;
  • belgilab qoʻyiladigan kasbiy talablar, ijtimoiy koʻnikmalar, rivojlanish manfaatlari, zarur boʻlganda - sogʻligʻining holatiga doir talablar;
  • taraflarning yetkazilgan zarar uchun javobgarligi;
  • shartnomani bekor qilish va uni haqiqiy emas deb topish shartlari.

Volontyorlik shartnomasini bir tomonlama tartibda bekor qilish ham volontyor tomonidan, ham jalb etilgan tashkilot tomonidan bu haqda 7 kun oldin dastlabki tarzda xabardor qilish sharti bilan amalga oshirilishi mumkin. Shartnomani bekor qilish sabablarini koʻrsatish shart emas, agar volontyorlik shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.

E’tibor bering!
Yakka tartibdagi mehnat shartnomasini yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi fuqarolik-huquqiy shartnomasini yoxud shu kabi har qanday boshqa shartnomani tuzishdan bosh tortish maqsadida volontyorlik shartnomasini tuzish taqiqlanadi .

NNTda hech boʻlmaganda bir nafar xodim - rahbar boʻlishi kerak, deb hisoblayman. Tegishincha, unga ish haqi hisoblanadi, JShDS ushlab qolinadi va byudjetga toʻlanadi. Shuningdek, NNT ish haqi summasiga 12% stavka boʻyicha ijtimoiy soliq hisoblaydi  .

Rahbardan tashqari ishga volontyorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham - shartnoma tuzib yoki tuzmasdan, agar aniq insonning volontyorligi oyiga 20 soatdan kam - bir ish kunida bir soatdan kam davom etsa, jalb qilinishi mumkin.

Amaliyotda boshqa mutaxassislarda mazkur masala boʻyicha oʻzgacha fikrlar boʻlishi mumkin.

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text168972_nnt_hodimlari_tulovsiz_ishlashyapti_soliqchilarga_qanday_tushuntirish_lozim