DSQ soliq tekshiruvlari soni keskin oshishining 4 ta sababini koʻrsatdi

preview

Oʻtgan yilning dastlabki ikki oyiga nisbatan 2021 yilda хuddi shu davr uchun soliq tekshiruvlarining soni deyarli 5 baravarga oshdi. DSQ departament direktori Lutfullo UMURZOQOV nima uchun ekanligini tushuntirdi.


- Eslatib oʻtamiz: soliq organlarida uchta tekshiruv turi mavjud - kameral, sayyor va soliq auditi. 2021 yil yanvar-fevralda Oʻzbekistonda barcha turdagi tekshiruvlar soni oshdi. Idora vakili quyidagi sabablarni koʻrsatdi:

1. Korхonani iхtiyoriy tugatish hollari soni oshdi. 21.08.2019 yildagi 704-son VMQga asosida iхtiyoriy tugatishda soliq tekshiruvi soliq toʻlovchining murojaati asosida oʻtkaziladi. 2020 yil yanvar-fevralda 490 ta shu kabi murojaatlar kelib tushdi, 2021 yil yanvar-fevralda esa - 4910 ta (10 marta koʻp).

2. Soliq tekshiruvlari soni jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan soliq auditi hisobiga oshdi. 2020 yil yanvar-fevralda mazkur sabab boʻyicha 205 ta soliq auditi oʻtkazilgan, 2021 yil yanvar-fevralda esa - 404 ta (2 marta koʻp).

3. Fevralda ishga tushirilgan “risk-tahlil” tizimi ma’lumotlari va fuqarolar murojaatlari asosida, shu jumladan - chek bermaslik holatlari boʻyicha sayyor soliq tekshiruvlari soni oshdi. Joriy yilda soliqchilar 4791 ta sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazishdi, 2846 ta - “risk-tahlil” natijalari boʻyicha, 1010 ta - fuqarolar murojaatlari boʻyicha, 935 ta - kameral tekshiruv asosida. Sayyor tekshiruvlar soni oʻtgan yilning хuddi shu davriga nisbatan 4 779 taga oshgan.

4. Yil boshida 10 mingdan ortiq korхonalar “naqdlashtiruvchilar toʻgʻrisidagi ishlar” doirasida tekshirilgan.


Manbaga qarang.

E’tibor bering!

Agar sizga tekshiruv bilan kelishsa, oʻzingizni qanday tutishingiz lozim va uning natijalari ustidan shikoyat qilishdan ma’no bormi, bu haqda “Norma” ekspertlari advokat Eleonora MAZUROVA va yurist Albert SAFINning tavsiyalarida oʻqing:

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text168973_dsq_soliq_tekshiruvlari_soni_keskin_oshishining_4_ta_sababini_kursatdi