9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Davlat unitar korxonasida yil yakunida soliqlarni toʻlagandan keyin taqsimlanmagan foyda qoldi. Uni qanday maqsadlar uchun va qanday shartlarda foydalanishni buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Ikrom ABDULQODIROV tushuntirdi:
- Davlat korxonasining daromadlarini taqsimlash tartibi uning mol-mulki mulkdori tomonidan belgilanadi
.
DUKning soliqlar toʻlangandan soʻng, sof foydasidan Davlat byudjetiga va muassisga ajratmalardan keyin sof foydasi - korxona ixtiyorida qoladi va undan muassisning qaroriga binoan foydalaniladi
. Xususan, u DUKning ustav fondiga oʻtkazilishi mumkin
.
Muassis davlat korxonasining moliyaviy yil yakunlangach 6 oydan kech boʻlmagan muddatda taqsimlanadigan sof foydasining bir qismini - Davlat byudjetiga sof foydaning 30%i miqdorida ajratmalarni hisobga olgan holda olish huquqiga ega.
.Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda, korxona ixtiyorida qoladigan taqsimlanmagan foydadan u yoki boshqa maqsadlar uchun foydalanish toʻgʻrisidagi qarorni uning muassisi qabul qiladi. Bunda, bunday foydadan foydalanish maqsadlari ushbu davlat korxonasi faoliyatining maqsadlari va mol-mulkning maqsadiga zid kelmasligi kerak
.
![]()