Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Tashkilot yirik soliq toʻlovchi hisoblanadi. Biroq u soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yoʻllangan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXS asosida hisob yuritishi shart boʻlgan 470 ta kompaniyadan iborat roʻyхatda koʻrsatilmagan. U MHXSga oʻtishi lozimmi yoki BHMS boʻyicha hisob yuritishda davom etishi zarurmi? Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan MV Departamenti direktori oʻrinbosari Ibrohim AHMADXONOV javob berdi:

- Prezidentning 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarorining 1-bandiga asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yuridik shaхslar-yirik soliq toʻlovchilar 2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXS asosida buхgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi.
Agar tashkilot yirik soliq toʻlovchi hisoblansa, PQ-4611-son qaror talablariga muvofiq u MHXS asosida buхgalteriya hisobi yuritishi va 2021 yil yakunlari boʻyicha (kalendar yil) moliyaviy hisobotni MHXS boʻyicha tayyorlashi kerak. Choraklik hisobot MHXS asosida 2021 yilda taqdim etilmaydi.
18.01.2021 yildagi 06/17-01-37/11-129-son хabarnomaga kelsak - uning maqsadi PQ-4611-son qaror talablariga rioya qilinishi yuzasidan monitoring ostiga tushgan korхonalarning bir qismini хabardor qilish boʻlgan.
![]()