Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Joriy yilning may oyidan boshlab 2023 yil 1 yanvargacha barcha soliq toʻlovchilar-yuridik shaxslarga 25 yoshdan oshmagan shaxslarning mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qaytariladi, ya’ni Davlat byudjeti tomonidan qoplanadi, deb xabar berdi Moliya vazirligi axborot xizmati.
Qaytarish shartlari:
- soliq toʻlovchi byudjetga ijtimoiy soliqni toʻlashi shart;
- 25 yoshdan oshmagan shaxslar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarish ishga kirganining 7-oyidan boshlab mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlar boʻyicha amalga oshiriladi. Ya’ni, dastlabki 6 oy uchun toʻlangan ijtimoiy soliq, shu jumladan, bunday shaxslarni 6 oydan kam muddatga yollash hollarida, kompensasiya qilinmaydi;
- hisobot davri oxirida toʻlangan ijtimoiy soliq, murojaat qilingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay byudjetdan qaytariladi. Qaytarish boʻyicha oʻzaro hamkorlik tartibi qoʻshimcha ravishda soliq toʻlovchilarga yetkaziladi;
- joriy yilning may oyidan boshlab 2022 yil dekabriga qadar mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlar boʻyicha hisoblangan ijtimoiy soliq qoplanadi.
- soliq toʻlovchi tomonidan byudjetdan qoplanishi uchun e’lon qilingan (koʻrsatilgan) ijtimoiy soliq summalari daromad soligʻini hisoblashda xarajatlar tarkibida aks ettirilmaydi.
- hisobot davrida xodim 25 yoshga toʻlganida, ijtimoiy soliq kompensatsiya qilinmaydi.
E’tibor bering!
Istisno mavjud! Ijtimoiy soliqni qaytarish byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.