Eksport faoliyatida asosiy vositalar boʻyicha QQSni hisobga olish mumkinmi?

preview

QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona ishlab chiqarish binosini quradi va eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun uskunalar sotib oladi. Bino va uskunalar boʻyicha QQSni hisobga olish mumkinligini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Oleg SOY tushuntirdi:

 

 – «Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar realizatsiyasiga nol darajali stavka boʻyicha QQS solinadi    

Korxona realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga, shu jumladan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish maqsadida tovarlardan (ularga asosiy vositalar ham kiradi) yoki xizmatlardan foydalanish chogʻida QQS summalarini hisobga olish huquqiga ega  

Korxona quyidagilarni xarid qilayotgan boʻlsa, hisobga olishning barcha shartlariga muvofiq kelganda QQS toʻliq xajmda hisobga olinadi:

  • asosiy vositalar (shu jumladan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar), nomoddiy aktivlar va koʻchmas mulk ob’yektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’yektlar;
  • kelgusida oʻz asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun moʻljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) .

 Qurilayotgan bino va sotib olingan uskunalar eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun foydalanganligi bois, siz "kiruvchi" QQS summasini hisobga olishga haqlisiz».

 

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text169193_eksport_faoliyatida_asosiy_vositalar_buyicha_qqsni_hisobga_olish_mumkinmi