9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Agar sutkalik xarajatlar belgilangan me’yordan oshsa, ular kompensatsiya toʻlovlariga kiradi va tegishincha, JShDS solinadi. Xodim xizmat safariga ketishdan oldin endi soliq chegirilgan holda qoʻshimcha sutkalik xarajat olishi kerakmi? Yoki soliq boʻnak hisoboti topshirilgandan keyin ushlab qolinadimi?
Vaziyatni buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi:
- Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi doirasida sutkalik xarajat me’yorini belgilaydi:
- Toshkent shahrida, shaharlar - viloyatlar markazlarida - 0,1 BHM - 24 500 soʻm (0,1 x 245 000*);
- boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08 BHM - 19 600 soʻm (0,08 x 245 000*).
Bunda ishchini xizmat safariga yuborilgan joydan oʻzining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinmi, yoʻqligi xizmat safariga yuborgan tashkilotning rahbari tomonidan - masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, ishchi uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal qilinadi.
OʻzR tashqarisiga xizmat safarlariga yuborilganda sutkalik xarajatlar xorijiy valyutada Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari OʻzR tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan. Bu holda me’yoriy sutkalik xarajat miqdori xorijiy valyutada belgilangan. Masalan, Moskvaga xizmat safariga yuborilgan uchun ushbu summa 35 AQSh dollarini tashkil etadi.
Shu bilan bir vaqtda keltirib oʻtilgan NHHlar korxona rahbariga sutkalik xarajat summalarini katta miqdorda belgilash huquqini beradi. Me’yorlar boʻyicha sutkalik berishda ular xodimning daromadi hisoblanmaydi
, me’yordan yuqorisi esa - bu xodimning daromadi
.
Ishchiga sutkalik berishda u haqiqatda qancha pulni sarflashi ma’lum emas. Ishchi ularni boʻnak bilan oladi, ya’ni unda tashkilot oldida qarz hosil boʻladi. Demak, berilgan me’yordan yuqori sutkalik - bu hali daromad emas. Me’yordan yuqori sutkalik xarajatdan JShDS ushlab qolish xizmat safari boʻyicha boʻnak hisoboti tasdiqlangandan keyin ish haqiga pul mablagʻlarini olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi
.
Masalan, boʻnak hisoboti joriy yilning 15 martida taqdim etilgan, mart uchun ish haqi korxonada 5 aprelda beriladi. JShDS (shu jumladan - me’yordan yuqori sutkalik xarajatdan) byudjetga 5 aprelda oʻtkaziladi.
*1 fevraldan boshlab 1 BHM - 245 000 soʻm
.
