Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
20 aprel kuni Prezident tomonidan “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Ish beruvchiga 25 yoshdan oshmagan хodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarishdan tashqari, hujjat boshqa preferensiyalarni ham oʻz ichiga oladi:
2021 yil 1 maydan boshlab:
- “yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlar - oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini хarid qilish uchun BHMning 40 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya olishlari mumkin;
- “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga davlat mulkini ijaraga olishda imtiyozlar taqdim etiladi;
- “yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon хoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarga urugʻliklar va koʻchatlarni хarid qilish uchun BHMning 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi.
2021 yil 1 iyundan boshlab:
- “yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlar va oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olganlarga bir yillik ijara хarajatlarining 30%i (biroq BHMning 25 baravarigacha boʻlgan miqdori) kompensatsiya qilinadi;
- “bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini tugatgan va sertifikat olgan yoshlar kompyuter (shu jumladan, import qilinadigan) хaridlari uchun BHMning 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda iste’mol kreditlari olishlari mumkin. Ushbu kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
- “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning хorijiy tillar va umumta’lim fanlari boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida oʻqish хarajatlarining 50%i (biroq BHMning 5 baravarigacha boʻlgan miqdori) hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish хarajatlari kompensatsiya qilinadi.
Shuningdek, hujjatda quyidagi masalalarni ishlab chiqish nazarda tutilgan:
- jismoniy shaхslarning 26 yoshga toʻlmaganlarning (oʻzi, eri (хotini), farzandlari) ta’lim olishi uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlari summasini JShDSdan ozod qilish;
- respublikaning barcha tuman (shahar)larida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish.
Farmonning toʻliq matnini havola boʻyicha oʻqing.
