9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Kredit oluvchilar faqat kredit majburiyatlarini bajarish bosqichida bilishlari mumkin boʻlgan yashirin komissiyalar va qoʻshimcha yigʻimlar oʻtmishda qoladi. Markaziy bank Bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida loyiha (ID-43462) ishlab chiqdi.
Maxsus buxgalter.uz uchun MB Bank xizmatlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish xizmati boshligʻi Bahodir Mirzayev rejalashtirilgan oʻzgarishlarga quyidagicha izoh berdi:
– MBning bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati kreditlar/omonatlar boʻyicha asosiy shartlar toʻgʻrisidagi Axborot varaqasining shakllarini ishlab chiqdi. Yangilik moliyaviy xizmatlar koʻrsatish sifatini, ochiqligini va shaffofligini oshirishi kerak.
Shuni ta’kidlashni istardimki, axborotni oshkor qilish va shaffoflik moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining xuquqlarini himoya qilishning asosidir. Moliyaviy xizmatlarni yetkazib beruvchilarning reklama qilish va sotishda agressiv, chalgʻituvchi usullardan foydalanishi, iste’molchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi ularning notoʻgʻri tanlov qilishiga olib kelishi mumkin. Koʻpincha, reklama e’lonlarida tegishli yigʻimlar va shartlar xaqida ma’lumotlar toʻliq boʻlmasligi mumkin.
Shuningdek, axborot tushunish qiyin boʻlgan matn shaklida taqdim etilishi mumkin. Natijada, iste’molchilar kredit mahsuloti boʻyicha sarflanadigan barcha xarajatlarni yoki xarajatlarga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan shartlarini bilmasliklari mumkin.
Shartnomani tuzishdan oldin taqdim etilgan aniq ma’lumotsiz, qanday kredit mahsuloti ularning aniq ehtiyojlari uchun mos kelishini aniqlash uchun iste’molchilarda mahsulotlarni taqqoslash va ongli ravishda tanlash imkoni yoʻq.
Taklif etilayotgan oʻzgarishlar qabul qilingandan soʻng, mijozlarga Axborot varaqasining yagona shaklda taqdim etish barcha tijorat banklari uchun, shu jumladan ularning rasmiy veb-saytlarida interaktiv shaklda majburiy boʻlib qoladi. Bu, kredit va omonatlar boʻyicha mahsulotni taqqoslash va toʻgʻri tanlash imkonini beradigan, qulay va universal vosita boʻlib qoladi.
Shakllarni ishlab chiqishda xalqaro tajriba va axborotni oshkor qilishga doir qulay shart-sharoitlar va shartnomaga qadar talablarni ishlab chiqishda olingan saboqlar hisobga olindi.
Bunday majburiyatning kiritilishi shuningdek raqobatni kuchaytiradi - bu narxlarning tushishiga va taklif qilinayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bir qator xorijiy tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, axborotni oshkor qilish iste’molchilar xatti-harakatlari va bozor sharoitlariga ijobiy koʻrsatadi.
Buxgalter.uz DSQ , Moliya vazirligi va «Norma» ekspertlarining yetakchi mutaxassislari tomonidan kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobida aks etishi bilan bogʻliq materiallarini tavsiya qiladi:
Saida Jonizoqova tayyorladi.