Oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi uchun - jarima

preview

DSQ qoʻshilgan qiymat soligʻi ma’murchiligi boshqarmasi mutaxassislari buxgalter.uz iltimosiga binoan: 1) qanday qilib QQS toʻlovchisi sifatida majburiy roʻyxatdan oʻtish; 2) nima uchun buni oʻz vaqtida amalga oshirmagan soliq toʻlovchi QQS bilan hisobvaraq-faktura taqdim etishi mumkin emasligi, uning kontragentlari esa - bunday hisobvaraq-fakturalar boʻyicha hisobga olish huquqidan foydalanishlari mumkin emasligi; 3) QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish tartibini buzganlik uchun qanday javobgarlik choralari nazarda tutilganligini tushuntirishdi:

 

- QQS toʻlovchisi sifatida majburiy roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlgan soliq toʻlovchilar soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga belgilangan shaklda arizani QQS toʻlashga oʻtishi kerak boʻlgan oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari kerak .

Ariza soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetining “QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish” servisi orqali berilishi zarur.

Ariza shaklini toʻldiring va “Joʻnatish” tugmasiga bosing.

Shaklni toʻldirish yuqorida darajada avtomatlashtirilgan, ma’lumotlar hisob ma’lumotlaridan olinadi. Har qanday yuzaga kelgan masalalarni soliq idorasi xodimining koʻrsatilgan telefon raqami orqali aniqlashtirish mumkin.

QQS toʻlovchisi sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish - QQS summasini hisobga olishning sharti .

 

Soliq toʻlovchi SKning 265-moddasiga muvofiq soliqning umumiy summasini haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish yoʻli bilan kamaytirish huquqiga ega. Buning uchun quyidagi 2 shartga bir vaqtda rioya qilinishi kerak :

1) olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq toʻlovchi tomonidan hisobvaraq-faktura yoki yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa hujjat olinganda;

2) tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganda.

Soliq toʻlovchilar faqat QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan tovarlar (xizmatlar) yetkazib beruvchilariga toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) QQS summalarini hisobga olishlari mumkin. Binobarin, QQS toʻlovchisi guvohnomasini olgunga qadar boʻlgan davr uchun QQS bilan EHFni taqdim etish imkoniyatini taqdim etish - maqsadga muvofiq emas.

Soliq organlarida QQS toʻlovchisi sifatida oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtmaslik - bu belgilangan tartibni buzish va SKning 219-moddasi 1-qismiga muvofiq soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobga qoʻyish sanasidan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olgan daromadining 5%i miqdorida, lekin 5 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.

 

 

Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Moliya vazirligi yetakchi mutaxassislari va “Norma” ekspertlarining tavsiyalari:

 

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text169388_uz_vaqtida_ruyhatdan_utkazilmaganligi_uchun_-_jarima