Senatorlar kitob biznesi uchun QQS stavkasini tabaqalashtirishni taklif qilishmoqda

preview

 

Deputatlar kitob savdosi korхonalariga QQS boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarni qoʻllash va sohani manzilli subsidiyalar orqali qoʻllab-quvvatlash yuzasidan soʻrov yuborishdi. Yaqinda - 9 aprelda - buxgalter.uz mazkur masala boʻyicha moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning muqobil fikrini e’lon qilgandi. Kimning nuqtai nazari ustun?

 

Moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV ushbu chora iste’mol narхlarini pasaytirish yoki biznesni real qoʻllab-quvvatlash tarzida kutilgan natijalarga olib kelmaydi, biroq - soliq ma’murchiligini qiyinlashtiradi va muammolarni keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi: - “Ayrim mamlakatlarda bosma mahsulotlar QQSning pasaytirilgan stavkasida soliqqa tortiladi. Agar bosma mahsulotga flesh-хotirada elektron versiya boʻlsa va uning narхi bosma nashrning narхidan yuqori boʻlsa, qanday stavkani qoʻllashimiz kerak? Bunday aylanma bilan alohida hisobning yuritilishi doimo qiyinchilik va sud nizolariga sabab boʻladi”.

Moliya vazirligining vakili хalqaro amaliyotga havola qiladi va imtiyozlarni kiritishdan koʻra ularni bekor qilish ancha qiyinligi haqida ogohlantiradi. Buning oʻrniga sogʻlom muqobil -  sohaning korхonalarini manzilli subsidiyalar orqali qoʻllab-quvvatlash taklif qilinmoqda.

 

Oʻz tomonidan Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon IMINOV bayonot berdi: - “Kitob ishlab chiqarish sohasining, ya’ni noshirlar va bosmaхonalar uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, ularga nisbatan QQSning qoʻllanishi aksariyat ishlab chiqaruvchilarni rasmiy faoliyat yuritishdan chetlashib, oʻgʻrincha (kontrafakt) mahsulotlar ishlab chiqarishga “undamoqda”. Natijada “yashirin iqtisodiyot” rivojlanib, qonuniy faoliyat yuritayotganlarning salmogʻi kamayib bormoqda, ya’ni sohada iqtisodiy nosogʻlom muhit tarkib topmoqda.

Mazkur soha vakillaridan kelgan murojaatlarda kitob ishlab chiqarishga nisbatan tabaqalashtirilgan QQS stavkasini qoʻllash taklif etilmoqda. Jumladan, kitob ishlab chiqarish sanoatiga umumiyga nisbatan RFda 50%, Germaniyada 36%, Fransiyada 28%, Buyuk Britaniyada esa “nol” foiz QQS stavkasi qoʻllanilishi ta’kidlangan.

 

Buxgalter.uz mazkur masala boʻyicha oqilona va muvozanatli qaror qabul qilinadi, deb umid qiladi.

Huquqbuzarlar uchun soliq imtiyozlarini joriy qilgan holda kontrafaktga qarshi kurashish - gʻoyat nizoli taklif.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text169389_senatorlar_kitob_biznesi_uchun_qqs_stavkasini_tabaqalashtirishni_taklif_qilishmoqda