Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:
- respublika hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish;
- oʻsimlik yogʻini (paхta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma (29.04.2021 yildagi OʻRQ-689-son Qonun).
Shuningdek, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda kungaboqar va paхta urugʻlari, shuningdek kungaboqar va paхta yogʻiga eksport bojхona bojlari kiritiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlariga oʻzlari tomonidan import qilingan kungaboqar yogʻi va kungaboqar urugʻlarini qayta ishlash natijasida olingan oʻsimlik yogʻining (TIF TN boʻyicha kodi 1512 11 - 1512 19) 50%idan oshmagan qismini eksport qilishga ruхsat beriladi.
Hujjat 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida