9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona mahsulotlar (tovarlar)ning bozor narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan mustaqil ravishda QQS hisoblab chiqardi va toʻladi. Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha hisoblangan QQS summalari, shuningdek tovarlarni tannarxidan past realizatsiya qilishdan koʻrilgan zararlar chegirilishi yoki chegirilmasligi xususida Moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV buxgalter.uz uchun maxsus tushuntirdi:
QQS boʻyicha soliq bazasi
QQS boʻyicha soliq bazasi bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narxdan yoki tarifdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi
. Ya’ni QQS shartnoma narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bunda agar bitimning narxi tovarlarning bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi esa bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli.
Foyda soligʻi boʻyicha chegiriladigan xarajatlar
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda jami daromaddan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno
. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar roʻyxati SKning 317-moddasida nazarda tutilgan.
Xarajatlar chegiriladi, basharti ular hujjat bilan tasdiqlangan va asoslangan (iqtisodiy jihatdan oqlangan) boʻlsa, ya’ni hech boʻlmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda:
- daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlsa;
- shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa;
- qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.
Qoʻshimcha QQS va tannarxidan past realizatsiya qilishdan koʻrilgan zararlarni hisoblash
Quyidagilar foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegirib tashlanmaydi:
- boshqa shaxslar uchun toʻlangan soliqlar
; - soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlar
.
Agar korxona mahsulotlar (tovarlar)ning bozor narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan mustaqil ravishda qoʻshimcha QQS hisoblagan boʻlsa, u foyda soligʻi hisob-kitobida qoʻshimcha hisoblangan QQS summalarini chegirib tashlashga haqli.
Korxona tovarlarni 115 mln soʻmga realizatsiya qildi, shu jumladan QQS - 15 mln soʻm. Ularning bozor narxi - 172,5 mln soʻm, shu jumladan QQS - 22,5 mln soʻm.
Korxona tovarlarning bozor narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan mustaqil ravishda qoʻshimcha QQS hisobladi va toʻladi - 7,5 mln soʻm (22,5 – 15).
Ushbu summa boshqa operatsion xarajatlarga (9430-schyot) kiradi va foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladi.
Tovarlarni (xizmatlarni) tannarxidan past realizatsiya qilishdan koʻrilgan zararlar chegirilmaydigan xarajatlar
roʻyxatiga kirmaydi, binobarin, ularni foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegirib tashlash mumkin, agar korxona ularning iqtisodiy jihatdan oqlanganligini asoslab bera olsa.
Buning uchun korxonaning soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati va narx siyosati kabi hujjatlarni ishlab chiqishga, shuningdek realizatsiya qilinadigan tovarlarning narxini belgilashda ularning qoidalarini toʻgʻri qoʻllashga jiddiy yondashing.
Bunda foyda soligʻi hisob-kitobida mahsulot (tovarlar)ning bozor narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farqni hisoblab chiqarish shart emas.
![]()