9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Nima uchun «qaytarish cheki»ni urib, onlayn-NKM chekidagi xatolarni tuzatib boʻlmaydi
Oyning oxirida kassir onlayn-NKM chekini urganda xatoga yoʻl qoʻydi – haqiqatda naqd pul toʻlangan boʻlsa ham, «terminal» deb koʻrsatdi. Xato keyingi oyning boshida, oʻtgan oyning yakunlarini shakllantirayotganda aniqlandi. Uni tuzatish uchun onlayn-NKMga kiritilgan summalar qaytarilganini rasmiylashtirdilar. Qaytarish cheki darhol shaxsiy kabinetda aks ettirildi. Biroq, chek xato bilan urilgan oy uchun Hisob-kitobda qaytarib berish hisobga olinmagan summa koʻrsatildi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati departamenti boshqarmasi inspektori Ne’matjon RAHMONOV vaziyatni sharhlab berdi:
- Tovarni qaytarishni rasmiylashtirish yoʻli bilan chekdagi xatolarni tuzatish tartib-taomilidan voz kechish lozim. Onlayn-NKMga kiritilgan summani xaridorga qaytarayotgan hollardagina 943-son VMQ 1-ilovasi 6-bobi Qoidalariga amal kilish lozim.Ushbu operatsiya, masalan, xaridor mahsulotni u yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarganda zarur.
Cheklardagi xatolarni tuzatish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida maxsus tartib va funksional ishlab chiqildi va joriy qilindi. Bu qanday ishlashi xususida batafsil yoʻriqnomani bu yerda oʻqing.
Endi ushbu materialning axborot asosi boʻlib xizmat qilgan vaziyatda nima boʻlganini koʻrib chiqaylik. Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizomning 38-bandiga muvofiq «tovarlarni sotishdan olingan daromadga tuzatish kiritish pul mablagʻlari qaytarilgan soliq davrida amalga oshiriladi»
Binobarin, masalan, agar aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan QQS toʻlovchisi tovarlarni aprel oyida sotgan va qaytarish cheki esa may oyining boshida urilgan boʻlsa, hisob-kitoblarda qaytarish summasi faqat may oyidagi hisobotda aks ettiriladi.
Chekdagi xatolarni toʻgʻirlash boʻyicha funksionaldan foydalanganda, summalarning barcha tuzatishlari chek urilgan oyida oʻtadi. Va Hisob-kitobda summalarni toʻgʻri aks ettirish bilan bogʻliq muammolar boʻlmaydi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi