Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Yil yakuni boʻyicha MChJda foyda hosil boʻldi, uni jamiyatning yagona ta’sischisi korхonani rivojlantirish uchun qoldirmoqchi. Agar dividendlarni hisoblamasa, qanday soliq oqibatlari boʻladi? Qanday buхgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish lozim?
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Ikrom ABDULQODIROV tushuntirdi:
- Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta oʻzining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi
.
Agar ta’sischi - bir nafar boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlarni u yakka tartibda qabul qiladi va yozma ravishda rasmiylashtiradi
.
Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qoʻshilgan, zaхira kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat. Taqsimlanmagan foyda foyda jamgʻarilganligini aks ettiradi va mulkdorlarning qaroriga binoan UFga (UKga) oʻtkazilishi mumkin
. Shuningdek, keyinchalik taqsimlash, shuningdek - dividendlar uchun uni taqsimlanmagan foyda schyotida qoldirish mumkin.
Shu tariqa, jamiyatning yagona ishtirokchisi jamiyatning sof foydasini taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli, majbur emas. Agar bunday qaror qabul qilinmagan boʻlsa, foyda taqsimlanmagan hisoblanadi (hisobda jamgʻarilgan foyda sifatida aks ettiriladi). Soliq oqibatlari mavjud emas.
Faqatgina dividendlarni toʻlash yoki taqsimlanmagan foydani ustav fondiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror (UFni jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror) qabul qilingan va ijro etilgan taqdirda yagona ishtirokchida soliq oqibatlari yuzaga keladi. Bu hollarda jamiyat, toʻlov manbai sifatida, dividendlardan olinadigan soliqni ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazishi shart
.
- Turli vaziyatlarda dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan olinadigan soliq boʻyicha hisobotlarni qanday toʻldirish haqida bu yerda batafsil oʻqing.
- Sof foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror qanday qabul qilinishi - bu yerda.
- Qanday shartlarda foydani taqsimlash va dividendlarni toʻlash mumkinligi - bu yerda.
![]()